Zaytundoshlar (Oleaceae) — doim yashil daraxt va butalaroilasi. Gullari roʻvaksimon toʻpgulda oʻrnashgan, toʻgʻri, qoʻshgulqoʻrgʻonli, ikki, baʼzan ayrim jinsli, kosachasi mayda, koʻpincha, toʻrt tishli. Changchisi ikkita, urugʻchisi bitta. Urugʻkurtagi ikki yoki undan ortiq boʻlib, odatda, faqat bittasigina uruqqa aylanadi. Mevasi har xil — koʻsakcha, qanotcha, danakcha yoki rezavormeva. Z.ning 600 turini birlashtirgan 29 turkumi bor. Tropik, subtropik va moʻʼtadiliqlimli mamlakatlarda, asosan, Shimoliy yarim sharda koʻp. Ekiladigan Z.ning mevasi tuzlangan va konservalangan holda isteʼmol qilinadi. Dorivor va yirik gulli zaytundanefir moyi olinadi. Nastarin, ligustrum va b. manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. [1]