Kontent qismiga oʻtish

Zari Elmassian

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zari Elmassian
Tavalludi
Zaruhi Elmassian

1906-yil 12-oktyabr
Vafoti 1990-yil 6-fevral(aged 83)
Los Angeles, California
Fuqaroligi AQSh
Kasbi qoʻshiqchi

Zaruhi Elmassian (1906-yil 12-oktyabrda tugʻilgan – 1990-yil 6-fevralda vafot etgan), Zari Elmasian nomi bilan mashhur, keyinchalik Zaruhi Elmassian Vartian nomi bilan ham tanilgan, amerikalik qoʻshiqchi, 1930-yillarda Gollivud musiqiy filmlari, jumladan, „The Wizard of Oz“ filmidagi ishtiroki bilan mashhur.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaruhi Elmassian Massachusets shtatining Lynn shahrida John Elmassian va Satenig Aloojian Elmassianlar oilasida dunyoga kelgan[1]. Uning ota-onasi Armanistonda tugʻilgan[2]. Singlisi Alice tugʻilgunga qadar oila Kaliforniyaning Fresno shahriga koʻchib oʻtgan[3]. Zaruhi dastlab Fresno shtat kollejida, keyinchalik Janubiy Kaliforniya universitetida, shuningdek, Eastman musiqa maktabi hamda Yangi Angliya musiqa konservatoriyalarida tahsil olgan[4][5].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elmassian 1929-yilda radio dasturida qoʻshiq kuylagan[6]. Shuningek, 1930–1932-yillarda San-Fransisco operasida Hansel und Gretel, Manon, Tanxayzer va Carmen spektakllarida ham ishtirok etgan[7]. Keyinchalik Los-Anjeles operasida ham kuylagan. 1930–1940-yillar davomida Kaliforniyada[8][9] faol tarzda konsertlarda oʻz ijrolarini amalga oshirgan, shuningdek, cherkovda ham yakkaxon tarzda kuy ijro qilgan[10][11][12][13].

Elmassian Los-Anjelesdagi St. James arman apostol cherkovi musiqiy direktori boʻlib xizmat qilgan[14]. Bundan tashqari professional ayol musiqachilar uchun tashkil etilgan Dominant Music Club aʼzosi ham boʻlgan[15].

U turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda Ovanes Tumanyanning asari va Armen Dikranyanning „Anoush“ operasiga asoslangan arman tilidagi[16][17] musiqiy melodramada bosh rolni ijro etgan[18][19].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elmassian 1942-yilda Nevada shtatining Las Vegas shahrida kino muharriri Setrag Vartian bilan oila qurgan[20][21]. Vartian 1986-yilda, oʻzi esa 1990-yilda Los-Anjelesda 83 yoshida vafot etgan[22]. Vartianlarning qabri Inglewood Park qabristoniga qoʻyilgan[23].

  1. „Obituary for John ELMASSIAN“. The Los Angeles Times (1958-yil 29-iyul), s. 63. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  2. „Obituary for John Eimassian (Aged 77)“. The Los Angeles Times (1958-yil 29-iyul), s. 63. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  3. „Alice Zakian Obituary“. The Los Angeles Times (2004-yil 18-noyabr).
  4. „Armenian Film Premier is Set“. The Fresno Bee The Republican (1944-yil 26-oktyabr), s. 23. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  5. Whoʻs who in music and dance in Southern California Bruno David Usher: . William J. Perlman, 1933 126-127, 189-bet. 
  6. „KTM“. The Pasadena Post (1929-yil 20-aprel), s. 15. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  7. „Performance Archive“. San Francisco Opera Archive. 2023-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  8. „Modern Music Will be Featured in Lecture-Recital at College“. The San Bernardino County Sun (1930-yil 5-may), s. 9. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  9. „Concert to be Presented by Chorus Mar. 3“. The Whittier News (1931-yil 28-fevral), s. 6. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  10. „'Messiah' Solo Roles Will be Sung by Noted Artists“. The San Bernardino County Sun (1935-yil 18-dekabr), s. 13. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  11. „Soloist to be Heard at Tremont Temple“. The Boston Globe (1939-yil 26-avgust), s. 11. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  12. „Recital Scheduled by Zaruhi Elmassian“. The Los Angeles Times (1947-yil 12-oktyabr), s. 27. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  13. „Gifted Pair Give Recital“. The Los Angeles Times (1950-yil 23-oktyabr), s. 39. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  14. „St. James Armenian Apostolic Church“. The Los Angeles Times (1981-yil 5-may), s. 114. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  15. „"Our History" and "In Memoriam, Members"“ (en). Dominant Music Club. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  16. Price, Michael H.. Forgotten Horrors 3: Dr. Turner's House of Horrors (en). Midnight Marquee & BearManor Media, 2003. 
  17. „Anoush (1945)“. AFI Catalog of Feature Films. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  18. Masters, Dorothy. „Two New Films are Spanish and Armenian“. Daily News (1945-yil 28-aprel), s. 57. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  19. Gevinson, Alan. Within Our Gates: Ethnicity in American Feature Films, 1911-1960 (en). University of California Press, 1997 40–41-bet. ISBN 978-0-520-20964-0. 
  20. Bishop, Anne. The World of Zaruhi and Setrag Vartan. (en). Los Angeles, Calif.: Bishop's World Whoʻs Who, 1982. OCLC 22890998. 
  21. „Zaruhi Elmassian is Shower Honoree; Weds S. T. Vartian“. San Fernando Valley Times (1942-yil 21-avgust), s. 6. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  22. „Obituary for Zaruhl Emasslan Vartian (Aged 83)“. The Los Angeles Times (1990-yil 10-fevral), s. 34. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  23. „Zaruhi E. Vartian (1906-1990) buried in Inglewood Park Cemetery located in Inglewood, CA“. People Legacy. 2023-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.