Zanjilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zanjilar — 1) 7—9-asrlarda arab va eroniy qul savdogarlari Zanjibar o. (Sharqiy Afrika)dan Iroqqa keltirgan qullar. Z.ni maxsus lagerlarda saqlashgan. Ular Shatt alArab daryosi sohilidagi shoʻrxok yerlarni tozalashda, qoʻriq ochishda, sugʻorish ishlarida, Jan. Iroqda selitra qazishda, Xuzistonda shakarqamish ekinzorlarida ishlatilgan. Bagʻdod xalifaligida Z.dan maxsus soqchi guruhlari tuzil gan; 2) negroid irqi vakillari (negrlar)ning arabcha va forscha nomi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil