Zamonaviy beshkurash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zamonaviy beshkurash - sport koʻpkurashi. Ot ustida toʻsiqlardan oʻtish, qilichbozlik (birinchi sanchguncha olishuv), pistoletdan oʻq uzish (4 karra 20 tadan otish), suvda suzish (300 m ga erkin uslubda) va yengil atletika krossi (4 km masofaga)ni oʻz ichiga oladi. Yuqoridagicha tartibdagi musobaqalar 5 kun mobaynida — bir kunda bittadan tur boʻyicha oʻtkaziladi. Sportamaliy mashqlari boʻyicha kompleks musobaqalar qad. zamonlardan maʼlum (maye. Yunoniston olimpiya oʻyinlaridagi pentatlon — "pent" — besh, "atlon" — kurash). 3. b. 19-asr 2yarmida Shvetsiyada paydo boʻlgan. 1948 y.dan shu nomda. Xalqaro 3. b. va biatlon uyushmasi (UIPMB, 1948 y. tuzilgan)ga 70 dan ziyod mamlakat aʼzo. Oʻzbekiston 1991 y.da qabul qilingan. 1912 y.dan olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1949 y.dan jahon birinchiligi oʻtkazib turiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil