Kibernetika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kibernetika instituti, "Zamonaviy informatsion texnologiyalari" ilmiy texnika markazi qoshidagi Kibernetika instituti — kibernetika masalalari bilan shugʻullanadigan ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomli Matematika institutida 1956 yil "Hisoblash texnikasi" boʻlimi tashkil etildi. Bu boʻlim qisqa vaqt ichida xalq xoʻjaligining muhim va zarur masasalarini yechishga kirishdi. 1959 yilda Oʻzbekistonda birinchi boʻlib "Ural1" EHM si ishga tushirildi. 1961 yilda "Hisoblash markazi" tashkil etilib, unda M-20 EHM si ishga tushirildi. 1963 yilda "Hisoblash markazi" Mexaniqa instituti tarkibiga kiritildi. 1966 yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Hisoblash markazli Kibernetika instituti, 1978 yilda shu institut negizida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi "Kibernetika" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilindi. 2001 yildan birlashma "Zamonaviy informatsion texnologiyalari" ilmiy texnika markaziga aylantirildi. Markaz tarkibiga K. i., xoʻjalik hisobidagi "Algoritm" ilmiy tadqiqot instituti, Avtomatika va hisoblash texnikasi maxsus loyiha-konstruktorlik byurosi kiradi. Oʻtgan dvar mobaynida birlashmaning faol katnashuvi bilan 108 ta axborot-hisoblash markazlari yaratilgan, 200 dan ortiq avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari ishga tushirilgan, 400 dan ortiq EHM ishlatilgan. Institutda 100 dan ortiq fan doktori, 800 dan ortik, fan nomzodi tayyorlangan. Ilmiy yoʻnalishlari: yangi axborot texnologiyalarini yaratish; modellashtirish, boshqarish, sunʼiy tafakkur va algoritmlash muammolarini yechish. Institutda 17 laboratoriya ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi, 200 dan ziyod xodim faoliyat koʻrsatadi. Jumladan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklaridan V. K- Qobulov, F. B. Abutaliyev, T. F. Bekmurodov, B. A. Bondaryonko, T. Boʻriyev, M.M. Komilov faoliyat koʻrsatmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil