Zahriddin Marashiy
Zahiriddin Marashiy Amuliy (forscha: ظهیرالدین مرعشی آملی) fors qoʻmondoni, diplomati va tarixchisi boʻlgan. U Tabariston tarixiga oid bir nechta kitoblar muallifi. U hijtiy 812-yilda (milodiy 1412-yil) tugʻilgan va hijriy 894-yildan (milodiy 1489-yil) keyin vafot etgan. U Marashiylar oilasiga mansub boʻlib, asli sayyidlar oilasi boʻlgan bu sulola Tabaristonni 8/14-asr oxiridan boshlab viloyat Safaviylar imperiyasiga (1005/1596-yilda Shoh Abbos I tomonidan) qoʻshib olingunga qadar boshqargan. Zahiriddin Marashiy asosiy Marashiy shoxi – Kamoliddin ibn Kivoniddin avlodlaridan edi. U Gilonning Bozorgoh shahrida anchagina yerga ega boʻlib, dastlab Gilon hukmdori Sulton Muhammad II (Kar Kiyo sulolasi) xizmatida, keyin esa uning oʻgʻli va vorisi Mirzo Aliy qoʻl ostida ishlagan. U Rustomdordagi vorislik nizolarini hal qilish uchun harbiy yurish uyushtirgan va boshqa ekspeditsiyalarga, jumladan hijriy 868-yilda (1463-yil) Nur qamaliga ham rahbarlik qilgan va bu qamal muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bosworth, C. E. (2002). "Ẓahīr al-Dīn Marʿas̲h̲ī". in Bearman, P. J.. Encyclopaedia of Islam. Volume XI: W–Z (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 393–394 b. ISBN 978-90-04-12756-2. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=%E1%BA%92ah%C4%ABr+al-D%C4%ABn+Mar%CA%BFas%CC%B2h%CC%B2%C4%AB&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.