Andijon davlat universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
(AndDU, ADU)
Asl nomi Andijon davlat universiteti
Xalqaro nomi ANDIJAN STATE UNIVERSITY
Asos solingan 1931
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Akramjon Sultanmurodovich Yuldashev
Talabalari 13,000+
Fakultetlar 10 ta
Bakalavriat 30 ta yoʻnalish
Magistratura 20 ta mutaxassislik
Fan doktorlari 44 ta ta
Professorlar 686 ta ta
Manzili Andijon viloyati, Andijon shaxar, Universitet ko`chasi, 129
Vebsayti www.adu.uz

Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon davlat universiteti, O’zbekistonning ko’zga ko’ringan universitetlaridan biri hisoblanib, Andijon shahrida joylashgan. Universitetga Andijon davlat pedagogika instituti negizida 1992-yilda asos solingan. Universitet tuzilmasida 10 ta fakultet, 33 ta kafedra, magistratura va maxsus-sirtqi bo’limlari, axborot-resurs markazi, “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi hamda akademik litsey mavjud. Universitet rektori (2015 yildan) – A.S.Yuldashev.

Tarixi[tahrir]

1931-yilda Farg‘ona davlat pedagogika insitituti qoshida Andijon kechki pedagogika instituti tashkil etildi. 1939-yilda institutda kunduzgi bo’limga ham talabalar qabul qilinib, til va adabiyot (o’zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti), fizika-matematika (fizika va matematika mutaxassislilari), tabiiy geografiya (tabiiy fanlar va geografiya), tarix fakultetlarida kunduzgi bo’limda 114 nafar, kechki bo’limda 152 nafar talabalar tahsil olgan.

Oliygoh 1939-1953-yillar davomida o’qituvchilar instituti sifatida faoliyat ko’rsatdi. Bu davrda u xalq ta’limi uchun 2500 dan ortiq pedagog kadrlar tayyorladi. 1952-yil 19-iyulda Ittifoq Oliy ta’lim vazirligi o’qituvchilar instituti negizida pedagogika institutini tashkil qilish to’g’risidagi buyrug’i chiqarildi. 1956-yilda institutga yangi bino qurib berildi (hozirgi Andijon viloyati xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi binosi). 1957-1976-yillarda institut rektori sifatida faoliyat yuritgan G.X.Abdullayev davrida institutda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi hamda uning moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Bu davrda 30 dan ortiq pedagog xodimlar doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. 1966-yilda pedagogika instituti negizida tillar instituti tashkil etildi. 70-yillar boshida institut xodimlarining 50 foizi ilmiy daraja va unvonlarga ega bo’lgan. O’z navbatida bu kadrlar tayyorlash sohasida ham o’z natijalarini bergan.

1976 yilda institutga biologiya fanlari nomzodi (keyinchalik, biologiya fanlari doktori, professor, akademik) Akmal Qosimovich Qosimov rektor etib tayinlandi. Bu davrda institutda barcha jabhalarda o’sishga erishdi. Institutning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, kafedra va fakultetlar kengaydi. Ushbu davrda o’quv, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirishda katta yutuqlarga erishildi. 1981-yilda institutning hozirgi Universitet ko’chasidagi binosi qurib bitkazildi, 1982 yildan bino to’liq quvvat bilan ish boshladi. Bu yillarda A.Qosimov, G.P.Dubovskiy, X.Razzaqov, S.Vohidova, I.Po’latov, M.Mirzakarimov, M.Qoraboyev, Q.Yo’ldoshev, A.Nurmonov, A.Tojiboyev, R.Shamsutdinov va boshqalar doktorlik, 40 dan ortiq pedagoglar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 1989-90-o’quv yilida institutda 10 nafar fan doktori, 112 nafar fan nomzodlari faoliyat yuritgan. Shuningdek, talabalarni ham ilmiy ishlarga jalb etish darajasi ortib bordi. “ADPI talabalar ilmiy jamiyati” tashkil etildi. 1970-yilda 1007 nafar talaba ilmiy ishlarda ishtirok etgan bo’lsa 1989-yilda bu ko’rsatkich 1853 nafarga yetdi. Vaholanki, 1970-yilda talabalarning umumiy soni 4047 nafar, 1989-yilda 4035 nafarni tashkil etgan. Kunduzgi bo’lim talabalarining 92,8 foizi ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashdi.

Sport sohasida ham yutuqlar katta bo’ldi. Institutda tahsil olgan O’lmasova Svetlana – Ittifoqda xizmat ko’rsatgan sport ustasi, yengil atletika bo’yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, ikki karra Yevropa, 10 karra Ittifoq chempioni, Jahon kubogi sovrindori, Zamira Zaytseva – 3000 metrga yugurishda jahon rekordi sohibasi, Yevropa va Jahon chempionati kumush medali, SSSR-AQSH xalqaro turniri uch karra g’olibi, Feliks Pak – boks bo’yicha Yevropa chempioni, Ittifoqning besh karra g’olibi, Nail Muhammediyorov – og’ri atletika bo’yicha Seul olimpiadasi rekordchisi va boshqa nomdor sportchilar institut faxriga aylandilar.

AndDU

1991-yilda mustaqillikka erishgach, mamlakatimiz rivojlanishning yangi yo’liga o’tdi. Ta’lim tizimida ham qator o’zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirildi. 1992-yil 28-fevraldagi prezident farmoniga asosan Andijon davlat pedagogika instituti negizida Andijon davlat universiteti tashkil etilishi belgilandi. Universitetning birinchi rektori sifatida ish boshlagan Akmal Qosimov 1992-yilda Andijon viloyati hokimining ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari lavozimiga o’tkazilgani munosabati bilan professor Qodirjon Parpiyev rektor etib tayinlandi.

1993-yilda rektor vazifasiga qaytarilgan A.Qosimov 1995 yilda Oliy Majlis raisi o’rinbosari lavozimiga o’tgunga qadar faoliyat yuritdi. Universitetga 1995-1996-yillarda dotsent Bahrom Jalilov, 1996-2006-yillarda professor Sirojiddin Zaynobiddinov rektorlik qildilar. Bu davrda o’quv rejalar, darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlash, mavjud bo’lmagan darsliklarni markaziy oliy o’quv yurtlaridan keltirish, universitetga yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan taniqli olim va professorlarni jalb qilish, kutubxona faoliyatini tubdan yaxshilash bo’yicha qator amaliy ishlar bajarildi. 1996-1997-o’quv yilidan boshlab universitet qoshida litsey-internat faoliyati yo’lga qo’yildi.

2006-2015 yillar davomida universitetga biologiya fanlari nomzodi T.Madumarov rektor sifatida faoliyat olib bordi. 2015-yildan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari bo’yicha qo’mita raisi o’rinbosari lavozimiga saylangani bois lavozimidan ozod etilgan. Bu davrda o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy ishlar va ayniqsa, moddiy-texnik bazani mustaxkamlash sohalarida amalga oshirilgan ishlar natijasida universitet respublikada yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoriga qo’shildi. 2010-yili Vazirlar Mahkamasi qarori bilan universitet tarkibiga Andijon xorijiy tillar instituti qo’shildi.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qarori asosida, shuningdek, universitetda o’quv jarayonini yaxshilash, bir smenali o’qishni ta’minlash maqsadida universitetga 60 mlrd. so’m mablag’ ajratildi. Ushbu mablag’lar o’zlashtirilib, ADU 1000 o’rinli binosi, Fizika-matematika fakulteti uchun 500 o’rinli o’quv binosi, Axborot-resurs markazi binosi hamda 18x36 o’lchamdagi Barkamol avlod sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi. O’quv jarayonini boshqarishni axborotlashtirish, dars jarayonlarini axborot kommunikatsion texnoligiyalaridan foydalangan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish maqsadida 500 dan ortiq kompyuter, 16 ta lingofon, 67 ta proektor, 16 ta elektron doska va 68 ta ekran keltirildi.

Mustaqillik yillarida universitetda ilmiy ishlarda ham katta yutuqlarga erishildi. Ko’plab olimlar ilmiy maktablar yaratib, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorash ishida yuksak muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ulardan akademik Akmal Qosimov rahbarligida biofizika va biokimyo sohasida ko’plab fan doktori va fan nomzodlari muvaffaqiyatli himoya qildilar. Biologiya fanlari doktori, professor Abdurashid Dariyev rahbarligida 2 nafar fan doktori va 12 nafar fan nomzodlari dissertatsiyalarini himoya qildilar.

Olimlar qatorida filologiya fanlari doktori, professor Abdulhamid Nurmonovning samarali faoliyatini alohida ta’kidlash lozim. U o’zbek tilshunosligiga oid 50 yaqin darslik, risola, o’quv qo’llanmalari, 500 ga yaqin ilmiy, ma’rifiy maqolalar muallifidir. Uning rahbarligida 8 ta doktorlik, 30 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Tarix fanida o’ziga xos iz qoldirgan O’zbekistonda Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, tarix fanlari doktori, professor, O’zbekistonda Arxivshunoslik fani otasi Ibrohimjon Alimov faoliyati ham juda samarali bo’lgan. Olim tomonidan yettita tilda 70 ga yaqin darslik, o’quv qo’llanma, monografiya, hujjatlar to’plami hamda 400 dan ortiq ilmiy, ma’rifiy maqolalar e’lon qilingan. Bevosita uning rahbarligida 8 ta doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiya himoya qilingan. 2015-yil may oyidan boshlab universitetga biologiya fanlari doktori, professor A.S.Yuldashev rektor etib tayinlandi va hozirgi kunga qadar samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda. So’nggi yillarda universitetda ta’lim taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarildi.

So’nggi yillarda mehnat bozorini hisobga olgan holda qator zamonaviy ta’lim yo’nalishlari ochildi. Xususan, bakalavriaturada 5321000 – Oziq ovqat texnologiyasi (maxsulot turlari bo’yicha), Mexanika, Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi, Arxivshunoslik, Vokal san’ati, Cholg’u ijrochiligi, An’anaviy xonandalik kabi 10 ga yaqin yangi ta’lim yo’nalishlari, magistraturada Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi (bu mutaxassislik bo’yicha universitet tayanch hisoblanadi), Ekologiya, Ta’lim va tarbiya nazariyasi (maktabgaчa ta’lim), Ta’lim va tarbiya nazariyasi (boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi), Ta’limda axborot texnologiyalari, Ijtimoiy fanlarni o’qitish metodikasi (huquq ta’limi) kabi mutaxassisliklari ochildi.

Shuningdek, universitetda 2017-yildan maxsus-sirtqi, 2018-yildan boshlab sirtqi ta’lim tashkil etilib, 12 ta yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yildi. 2015-2018-yillar davomida 7 ta doktrolik va 36 ta falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalar muvaffaqiyatli himoya qilindi. Bu yillarda 2 mlrd 167 mln so’mlik davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi loyihalar va xalqaro grantlar o’zlashtirldi. Doktoranturaga qabul 31 ta o’ringacha oshirildi.

2018-yilda universitet tuzilmasida boshqalar uchun na’muna bo’ladigan “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etildi.

Sport sohasida ham jahonshumul yutuqlar qo’lga kiritildi. Bir qancha Osiyo, Jahon va Olimpiya sportchilari yetishib chiqdi. 2016-yilda Londonda o’tgan yozgi Olimpiya o’yinlarida universitetning ikki nafar talabasi Ruslan Nurutdinov hamda Hasanboy Do’stmatovlar muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo’lga kiritdilar.

2015-2018 yillarda Erasmus+ dasturi orqali 4 ta: RENES - “Muqobil energiya manbalari va turg‘un atrof-muhit ixtisosligi bo‘yicha magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyiha qiymati 80,62 AQSh dollari, ModeHEd “Universitetlarda salomatlikka oid o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish” loyiha qiymati 46,28 AQSh dollari, IQAT “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” loyiha qiymati 72,4 AQSh dollari, STEM “Ingliz tilini o‘rgatish” loyiha qiymati 46,4 AQSh dollari bo'lgan loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkasi AQSH, Italiya, Angliya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasining 10 ga yaqin universitetlari bilan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib xozirda universitetning 10 ga yaqin tayanch doktorantlari ilmiy tadqiqot mavzulari bo‘yicha stajirovka o‘tamoqdalar. Erasmus+ dasturi doirasida jami 13 nafar yosh mutaxassislar xorijiy ilmiy stajirovkalarda bo‘lib qaytdilar.

Universitet rektorlari[tahrir]

- 1957 – 1976-yil fevral – G’ani Xolmatovich Abdullayev. Falsafa fanlari nomzodi, professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, II Jahon urushi qatnashchisi.

- 1976-yil fevral – 1992 yil, 1993-yil fevral – 1995 yil – Akmal Qosimovich Qosimov. Yirik davlat va jamoat arbobi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, biologiya fanlari doktori, professor. 1995-2000 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisi o’rinbosari.

Akramjon Sultanmurodovich Yuldashev

- 1992 – 1993-yil fevral (rektor v.b.) – Qodirjon G’ofurovich Parpiyev. Fizika-matematika fanlari nomzodi, professor. 1977-1992-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektori.

- 1995-yil yanvar – 1996-yil – Bahrom Jalilovich Jalilov. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

- 1996-yil aprel – 2000-yil fevral – Sirojiddin Zaynobiddinov. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Abu Rayxon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati.

- 2000-yil – 2015-yil yanvar – Tolibjon Abdumalikovich Madumarov. Davlat va jamoat arbobi, biologiya fanlari doktori, professor. Hozirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Senatning Sud-huquq va qonunchilik masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari.

- 2015-yil yanvar – 2015 yil may (rektor v.b.) – Azamatjon Shodmonovich Mamatyusupov. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2015-yil mayidan o’quv ishlari bo’yicha prorektor.

- 2015-yil 19-maydan – Akramjon Sultanmurodovich Yuldashev. Biologiya fanlari doktori, professor.

O‘quv faoliyati[tahrir]

Andijon davlat universitetda 13 000 ga yaqin talabalar (O’zbekistonning 12 ta viloyati va MDH mamlakatlaridan) jumladan, 9 125 nafar kunduzgi, 2356 nafar sirtqi, 2177 nafar maxsus-sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladi.

Andijon davlat universitetida o'quv jarayoni 10 fakultet, maxsus-sirtqi bo’limi va akademik litseyda amalga oshiriladi 30 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida hamda 18 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. 30 ta ixtisoslik bo’yicha tayanch doktorantura, 2 ta ixtisoslik bo’yicha doktorantura ochilgan.

O’qish muddati:

Bakalavriatura: kunduzgi – 4 yil, sirtqi – 5 yil, maxsus sirtqi – 3 yil

Magistratura – 2 yil;

Tayanch doktorantura va doktorantura – 3 yil.

Professor-o’qituvchilarning umumiy soni 686 ta

Shundan, fan doktori, professorlar 44 nafar;

fan nomzodi, PhD, dotsentlar 167 nafar.

Jumladan 2 ta axborot-resurs markazi, 26 ta kompyuter xonasi, 954 dona kompyuter, 2000 o‘ringa mo‘ljallangan 6 ta talabalar turar joyi, 910 o‘ringa ega bo‘lgan 6 ta oshxona, 2 ta bufet, 13 ta ochiq va 3 ta yopiq sport maydonlar mavjud.

Fan va tadqiqotlar: Ilmiy yoʻnalishlar va olimlar[tahrir]

O‘zbekiston huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo qilishning nazariy masalalari

O‘zbekiston florasi va o‘simliklar ko‘lamini o‘rganish

Tovarlarni kimyoviy tarkibini asosida sinflash va sertifikatlash

Farg‘ona vodiysi iqtisodiy rivojlanishining geografik jihatlari

Zamonaviy mashinasozlik materialshunosligi, ularning xossalarini o‘rganish va ikkilamchi materiallardan hom ashyo olishni yo‘lga qo‘yish

Farg‘ona vodiysi hayvonot dunyosini tadqiq etish, tur tarkibi, tarqalishini hayotiy jarayonlarini o‘rganish asosida noyob turlarni muhofaza qilishni nazariy va amaliy muammolari

Ultradispers kukunlarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini hosildorligini oshirishga ta’siri

Makkajo‘xori va boshka baland bo‘yli o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish usul va vositalarini yaratish

Biologik faol moddalar sintezi

Murakkab jarayonlarini kompyuterda modellashtirish

Andijon tarixi (eng qadimgi davrdan bugungi kungacha)

Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy tarixi muammolari(XV-XX asrlar)

O‘zbekistonning chorizm va sovet mustamlakachiligi davri tarixi

Osiyo va Afrika mamlakatlari yangi va eng yangi tarixi

O‘zbekistonda modernizatsiya jarayonida yoshlarda innovatsion ong shakllanishini amaliy tadqiq etish

Globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglashning ijtimoiy-pedagogik masalalari

Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning nazariyasi va amaliyoti

Umumta’lim tizimida taviriy san’at va chizmachilikni o‘qitishning zamonaviy texnologiyasi

Cholg‘u ijrochilik san’ati va uning tarixiy manbalarini o‘rganish

O‘zbek adabiyoti tarixi va poetik masalalari

O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari hamda ta’lim tizimida til kompitentligini shakllantirish va rivojlantirish masalalari

O‘zbek va rus tillarini kontrastiv hamda tadbiqiy o‘rganish

Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlari tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish

Sport turlari bo‘yicha darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish

Kardiomiotsitlar ion kanallarining biologik faol moddalar bilan boshqarilishi

Kalamushlarda jigar ferment gameostaz faoliyatiga gipofiniziya va gamma nurlarini ta’siri Fitoekdisteroidlarni laktotrof va definitiv oziqlanish davridagi kalamushlarni hazm tizimi fermentlariga ta’siri

Hozirgi zamon tilshunosligidagi ilg‘or ilmiy yo‘nalishlar

Kasbiy yo‘naltirilgan ingliz-tili o‘qitishning asosiy tamoillari

Qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog‘ishtirma tilshunoslik.


- Zaynobidinov Sirojiddin Zaynobidinovich – f-m.f.d., akademik

- Asqarov Ibrohim Rahmonovich – k.f.d., professor

- Shamsutdinov Rustambek Temirovich – t.f.d., professor

- Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich – b.f.d., professor

- Xoshimov Olimjon Umirzaqovich – b.f.d.,professor

- Tojiboev Qo‘ldashali Tojiboevich - b.f.d.,professor

- Aliev Raimjon Usmonovich – f-m.f.d., professor

- Quronov Dilmurod Xaydaralievich – f.f.d., professor

- Solihova Hanifaxon Sobitovona - f.f.d., professor

- Mirzaeava Salimaxon Rayimjonovna - f.f.d., professor

- Yusupova Shoxida Jaloldinovna - f.f.d., professor

- Shahobiddinova Shohida Hoshimovna - f.f.d., professor

- Saidboeva Lola Muxamedovna – b.f.d., professor

- Umarxo‘djaev Muxtorxon Eshonxo‘djaevich – f.f.d., professor

- Hoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich - f.f.d., professor

- Yunusov Kamoliddin Abzalovich – s.f.d., professor

Universitetning ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish boʻyicha ilmiy-texnika bazasi[tahrir]

- botanika bog‘i

ADU Muzeyi

- gerbariy

- innovatsion poligon (Marxamat tumanida)

- o‘quv-ilmiy tajriba uchastkasi (Ulug‘nor tumanida)

- tarjimashunoslik markazi

- innovatsion psixologik-diagnostika markazi

- yuridik klinika

- “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi

Qatag`on qurbonlari muzeyi

Ilmiy texnik loyihalar va grantlar[tahrir]

Fundamental loyihalar: 4 ta;

Amaliy loyihalar: 8 ta;

Yosh olimlar loyihalari: 1 ta;

Innovatsion loyihalar: 1 ta;

Xalqaro grantlar: 5 ta.

Loyihalarning umumiy qiymati 2 141 133 000 so’m hamda 248 ming AQSH dollari va 42 500 yevroni tashkil etadi. Akademik innovatsiyalar fondi (AIF) ning 2018 yil tanlovi g’olibi: “Qayta tiklanadigan energiya manbalarining fizikasi va atrof-muhit barqarorligi bo’yicha magistrlik dasturinin takomillashtirish orqali talabalarning ijodiy va innovatsion faoliyatini rag’batlantirish” loyihasi (2019-2020 yillar). Loyiha 2019-2020 yillar davomida Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladi. Qiymati 140 ming AQSH dollari.

Ilmiy jurnallar[tahrir]

"Ilmiy xabarnom" jurnali bir yilda to‘rt marta chop etiladi. Andijon viloyati Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2009 yil 7 aprelda 04-039 raqam bilan ro‘yxatga olingan. Nashr indeksi: 344. Nashr uchun mas’ul: D.H.Quronov. Jurnal falsafa, tarix, filologiya, pedagogika, kimyo, fizika va biologiya fanlari bo‘yicha Oliy Attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar e’lon qilinishi lozim bo‘lgan nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. Tahrir hay’ati raisi: A.A.Yuldashev, biologiya fanlari doktori, professor. Ilmiy maslahatchi: S.S.G‘ulomov, O‘zFA akademigi. Tahririyat manzili: 170100, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129. Telefon: (+99891)160-20-43. Faks: (374) 223-88-30 Rasmiy sayt: [xabarnoma.adu.uz[1]]

“VODIYNOMA” (Tarixiy meros) - Ijtimoiy-tarixiy, ilmiy va ommabop jurnal. Muassis: “Meros” xalqaro ilmiy-amaliy ekspeditsiya jamoat fondi. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2018 yil 5 iyunda № 0975 raqam bilan ro‘yxatga olingan. Nashr indeksi: 170112. Bosh muharrir: Rustambek Shamsutdinov. Bosh muharrir o‘rinbosari: Abdulla Sharopov. Tahririyat manzili: 170100, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy. Telefon: (99890) 253-26-32 Faks: (99874) 223-83-52. Pochta: vodiynoma@mail.ru.

Ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsiyalar bo’yicha faoliyat olib boruvchi bo’limlar: - Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi; - Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatining tashkil etish bo‘limi; - Tahririy nashriyot bo‘limi; - Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi.

Oʻquv va ilmiy laboratoriyalar[tahrir]

Labaratoriya jarayoni

O’quv laboratoriyalari Molekulyar fizika

Mexanika

Elektr va magnetism

Labaratoriya

Radioelektronika

Atom va yadro fizikasi

Optika

Fizikaviy kimyo

Analitik kimyo

Organik kimyo

Kolloid kimyo

O’simliklar fiziologiyasi

Biotexnologiya, genomika, molekulyar biologiya


Ilmiy tadqiqot laboratoriyalari “Tovarlar kimyosi” ilmiy laboratoriyasi – ferrotsen asosida yangi fiziologik birikmalar sintez qilish va ularni biologik faolligini o‘rganish, dorivor xususiyatga ega bo‘lgan o‘simliklarni kimyoviy tarkibini o‘rganish, ularni tarkibidan biologik faol komponentlarini ajratib olish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. 2018 yilda ushbu ilmiy laboratoriyada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida “02.00.09-Tovarlar kimyosi” ixtisosligi bo‘yicha besh nafar kimyo fanlaridan falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlandi va himoya qilindi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy laboratoriyasi - Laboratoriyaga Germaniya, Italiya, Ispaniya va boshqa rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan, qiymati 42,7 ming yevrolik 30 turdagi jihoz o‘rnatilgan. Ispaniyaning “Edibon”, Germaniyaning “LeXsolar” kompaniyalarida ishlab chiqilgan laboratoriya jihozlarini qabul qilish va ishga tushirildi. Laboratoriya Yevropaning 600 dan ziyod nufuzli universiteti onlayn tarzda ulangan Oksford universitetining Rezerford laboratoriyasi mikroelektronika va nanoelektronika qo‘llab-quvvatlash markazining EUROPRACTIC tizimiga ulangan. “Eksperimental innovatsion tadqiqotlar” ilmiy laboratoriyasi – mahalliy dorivor o’simliklardan ajratib olinadigan fenol birikmalarining (flavanoidlar, polifenollar) kardiovaskulyar ta’sir mexanizmlarini o’rganish asosida kardioprotektor preparat ishlab chiqish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

Xalqaro hamkorlik aloqalari[tahrir]

Xalqaro aloqalar

XALQARO ALOQALAR Andijon davlat universitetida O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan AQSh, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Malayziya davlatlarining elchixona va konsullik boshqarmalari bilan yaqindan hamkorlik yo’lga qo’yilgan. So’nggi yillarda universitetning 70 dan ortiq talaba, magistrant, ilmiy tadqiqotchi, stajyor-tadqiqotchi, katta ilmiy xodim va professor-o’qituvchilari xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida tahsil olib, o’z sohalari bo’yicha malaka oshirib, ilmiy konferensiyalarda muvaffaqiyatli qatnashib qaytdilar. Universitet turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda jami 248 ming AQSh dollari hamda 42,7 ming yevro hajmida investistiya jalb qildi. Hozirda 5 ta xalqaro loyiha doirasida grant dasturi amalga oshirilib kelinmoqda. Universitet bitiruvchilari Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Slovakiya, Fransiya, Ispaniya, Turkiya, Latviya va Xitoy oliy ta’lim muassasalarida magitsratura va doktoranturada tahsil olayotganligi bizni mamnun qiladi.

Universitetimizda xorijiy talabalar uchun quyidagi shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan

  • Xorijiy talabalar universitetga imtihonlarsiz suhbat asosida qabul qilinadi;
  • Universitet saytidan o’zlari istagan ma’lumotni o’z tillarida (xorijiy tillarda, asosan, rus va ingliz tillarida) olish imkoniyati mavjud;
  • Universitet hududida bepul Wi-Fi tizimi orqali internet tarmog`idan tez va sifatli foydalanishi;
    Xalqaro Aloqalar
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida xizmat ko’rsatish tashkil etilganligi va xorijiy tillardagi o’quv, ilmiy adabiyotlarni universitetning Axborot-resurs markazlaridan elektron hamda chop etilgan nashrlarda olish imkoniyati mavjudligi;
  • Bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun turli xil sport turlariga, xususan, ochiq sport maydonlarida tennis, futbol, volleybol, basketbol, qo’l to’pi va o’lchami 25x50 bo’lgan suzish havzasida suzish to’garaklariga qatnashishi;
  • 80 ta ko’p o’rinli interaktiv auditoriyalarning mavjudligi;
  • 9 ta 13 o’rinli lingofon sinflarining mavjudligi;
  • 27 ta ko’p o’rinli kompyuter sinflarining mavjudligi;
  • Universitet hududidagi oshxona va bufetlar, barcha dori-darmonga ega 2 ta tibbiyot shahobchalari xizmatidan foydalanish huquqiga egaligi;
  • Xonobod shahri, “Kampirovvot” suv omboridagi “Dam olish” zonasi hamda Xo’jaobod tumani Karnaychi QFYdagi “Sport- sog`lomlashtirish maskani”da ta’til davri va o’qishdan tashqari vaqtlarni mazmunli tashkil etish imkonining mavjudligi.

Universitet moddiy-texnik bazasi[tahrir]

Andijon davlat universitetidagi mavjud moddiy - texnik baza

1. Universitetdagi o’quv binolarning soni 9 ta bo’lib, jami 5950 o’ringa ega. Ularning maydoni 51627 m2 ni tashkil etadi.

2. O’quv binolardagi auditoriyalarning soni 270 ta bo’lib, jami maydoni 14791 m2 ni tashkil etadi.

3. O’quv-laboratoriya xonalari 41 tani tashkil etib, ularning maydoni 3131 m2 ni tashkil etadi.

4. Kompyuter va lingafon sinflarning soni 29 ta bo’lib, ularning maydoni 1758 m2 ni tashkil etadi.

5. Majlislar, konferenstiya va ma’ruzalar zallarining soni 6 ta bo’lib, ularning maydoni 2636 m2 ni tashkil etadi.

6. ARM soni 1 ta, tarmog`i 10 ta bo’lib, umumiy maydoni 4804 m2 ni tashkil etadi. Hozirgi kunda Axborot-resurs markazida umumiy fond 63522 nomda va 483366 nusxani tashkil qiladi.

Axborot Resurs Markazi

7. Sport zallarning soni 4 ta bo’lib, maydoni 3200 m2 hamda 2 ta ochiq turdagi 25x50 o’lchamdagi suzish havzalari mavjud. Universitetda 2 ta futbol maydoni, 3 ta ochiq basketbol, 3 ta ochiq volleybol va 1 ta ochiq tennis korti maydonlari mavjud.

8. Talabalar turar joylarining soni 6 ta bo’lib, ularning maydoni 28100 m2 ni tashkil etadi.

9. Adminstrativ boshqaruv xonalari (rektorat, hisobxona, kadrlar....) 153 tani tashkil etib, ularning maydoni 4432 m2 ni tashkil etadi.

10. Infratuzilma ob’ektlari (oshxonalar, bufetlar....) soni jami 10 ta bo’lib, ularning maydoni 2896 m2 ni tashkil etadi.

11. Ijaraga berilgan maydonlarning soni 25 ta bo’lib, ularning maydoni 2124 m2 ni tashkil etadi.

12. Boshqa yordamchi xona va maydonlar (hojatxonalar, dushxonalar, koridor, zinalar.) 15135 m2 ni tashkil etadi.

13. Universitening Xonobod shahridagi 100 o’rinli “Dam olish maskani” hamda Xo’jaobod tumani “Karnaychi” qishlog`idagi 100 o’rinli “Sport- sog`lomlashtirish lageri” mavjud.

Bugungi kundagi mavjud orgtexnika vositalari

-mavjud kompyuterlar soni: 835 dona;

-infokiosklar soni :6 dona;

-elektron doskalar soni :16 dona;

-proektorlar soni :103 dona;

-printerlar (3v1, rangli )soni: 209 dona;

-boshqa orgtexnikalar soni :344 dona.

Universitetga 2018-yilda olib kelingan o’quv adabiyotlari, o’quv-laboratoriya jihozlari, orgtexnika vositalari hamda chet el grantlari asosida olib kelingan jihozlar (mln.so’m)da

1. O’quv adabiyotlari - 116,8 mln so’m.

2. O’quv laboratoriya jihozlari - 18,0 mln so’m.

3. Orgtexnika vositalari - 763,0 mln so’m.

4. Chet el grantlari orqali olib kelingan jihozlar - 379,1 mln so’m.

Havola[tahrir]

QR Scan

Andijon Davlat Universiteti rasmiy sayti

Facebook

Instagram

Telegram

YouTube

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil