Zaharli oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zaharli O`simliklardan yoʻnaltirildi)

Zaharli oʻsimliklar - tarkibida zaharli moddalar bor oʻsimliklar. 3. oʻ. 2 guruhga boʻlinadi: 1) haqiqiy 3. oʻ. — zaharlilik turning xususiy belgisi hisoblanadi; 2) shartli 3. oʻ. — turdagi ayrim oʻsimlik zaharli boʻladi (mas, zigʻir va oq joʻxori ayrim hollarda sianid kislota chiqaradi). Haqiqiy 3. oʻ.ning 10 ming turi bor. Asosan, subtropik va mamlakatlarda oʻsadi, mas, zaqqum. Oʻsimliklarningzaharliligi ulardagi turli organik birikmalar — alkaloidlar, glikozidlar, glikoalkaloidlar, efir moylari, kislotalar, laktonlar, toksalbuminlar, smolali organik moddalarning miqdoriga bogʻliq. Bu moddalar oʻsimliklarning turli organida toʻplanadi (mas, parpi va morolquloqning , asosan, ildiz poyasida, angishvonagulning bargida va h. k.). 3. oʻ. barcha jonivorlarga bir xilda taʼsir etmaydi. Mas, odam uchun zaharli belladonna va bangidevona quyon va qushlarga mutlaqo zararsiz, piretrumning baʼzi turlari hasharotlarga zararli boʻlsa, isiqqonli hayvonlar uchun zararsiz; dengiz piyozi kemiruvchilarga zaharli, boshqa hayvonlar uchun zararsiz va h. k. Zaharli moddalar oʻsimlikning turli oʻsish davrlarida toʻplanadi. Oʻsimlikning zaharliligi ular koʻkarib turganida qurigandagisiga qaraganda koʻproq boʻladi, baʼzilarida esa kurigandan keyin zaharliligi butunlay yoʻqoladi. Maye, uchma, ayiqtovon va b. Koʻpchilik 3. oʻ.ning dorivorlik xususiyatlari ham bor (isparak, qizgʻaldoq, koʻknori, achchiqmiya va b.). Bulardan olinadigan preparatlar har xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tamaki barglari asosan zaharli va noqonuniy shuning uchun ular toğlarda koʻp ham uchramaydi.Ammo ularni dalalarda,ayniqsa quyosh nuri kam tushadigan õtloq , chakalakzorlarda uchratish mumkin. Багульник болотной guli esa asosan ziddi zahar sifatida ishlatiladi.Ammo barglari quyoshda quritilsa va hidlab koʻrilsa qattiq bosh oğriğini chaqiradi.Oʻt yovvoyi boʻlgani uchun uni deyarli hamma yerdan topsa boʻladi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil