Zafarnomai Husraviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zafarnomai Husraviy. Nomaʼlum muallifning „Zafarnomai Husraviy“ asari 1279/1862-63 yili Buxoroda yaratilgan. Uning ikkita roʻyhati Dushanbe shahrida saqlanadi va ularning ikkovi ham avtograf hisoblanadi. Birinchi roʻyhatning faksimil nashri (Dushanbe, 1989) va Tehron shahri (2002) bor.

Keltirilgan dalillarga koʻra Amir Nasrullohning Qoʻqon xonligiga yurishining bevosita ishtirokchisi hamda shohidi boʻlganligini tahmin qilish mumkin. Qoʻqon xonligiga tegishli boʻlmagan hodisalar haqidagi bayonlarda esa baʼzi bir noaniqliklar uchraydi. Bu ayniqsa, Buxoro bilan Xiva xonligi oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar, birinchi ingliz-afgʻon urushi voqealari va boshqlar haqida gap ketganida yaqqol koʻzga tashlanadi. „Zafarnomai Husraviy“ni mazmun boʻyicha hamda hajm va muhimligi jihatidan teng boʻlmagan ikki qismga ajratish mumkin. Uning katta qismi Buxoro amirligi bilan Qoʻqon xonligi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, Qoʻqon, Hoʻjand, Oʻratepa, Jizzah, Yom, Zomindagi harbiy urushlar va boshqa hodisalarga bagʻishlangan.

Asarning ikkinchi yarmida Amudaryoning chap qirgʻogʻida joylashgan viloyatlar (Balh, Oqcha, Anhoy, Qunduz, Hulm, Badahshon, Mozori Sharif)dagi siyosiy hodisalar, shuningdek, avgʻon hukmdorlarining, ayniqsa, amir Doʻst Muhammadxon davrida (1826-1839, 1843-1863) bir necha bor bosqin uyushtirilganlari va boshqa sabablarga koʻra Buxoro, Xiva va Eshondagi Kojor davlatlarining ‘zaro munosabatlari atroflicha yoritilgan.

Buxoroning rasmiy istoriografiyasida „Zafarnomai Husraviy“ quyidagi xususiytlari biln ajralib turadi:

  1. Muallif oʻzi foydalana olgan deyarli barcha rasmiy materiallar(xatlar, farmonlar)dan foydalangan;
  2. Muallif tasvirlanayotgan hodisalarning koʻpini shohidi va ishtirokchisi boʻlgan;
  3. Oʻrta Osiyo va Afgʻonistondagi koʻplab hodisalar nisbatan obyektiv yoritilgan;
  4. Xronika sanalar, personografiya, davlat maʼmuriy va siyosiy xarakterdagi maxsus atamalarga boy;
  5. Amir Nasrulloh (uni amir Haydar tomonidan taxt vorisi qilib tayinlanishi) hokimiyatini rasmiy eʼtirof etishga urinish harakati bor.

„Zafarnomai Husraviy“da koʻrsatilishicha, amir Haydar 1826 yili vafot etgan. Uning oltita oʻgʻli boʻlgan: Mir Muhammad Husayinxon, sayyid Mir Nasrulloh, Mir Umarxon, Mir Zabirxon, Mir Hamzaxon va Mir Safdarxon. Faqatgina amir Nasrullohga nisbatan „ sayyid“ unvoni uning yuqori tabaqadan chiqqanligi ramzi (uning onasi joʻyborlik xoʻjalar avlodidan boʻlgan) sifatida qoʻshib aytilgan.

Bu vaqtda amir Haydarning katta oʻgʻli Mir Husayn Buxoroda (Amir Haydar uni Samarqand hokimligidan chiqarib olib, uy qamogʻida ushlab turgandi), Mir Nasrulloh Qarshida, Mir Umarxon Karmanada hokim, boshqalar esa hali balogʻatga yetmaganliklari uchun Buxoroda edilar. Muallif asarida oʻz homiysining fazilatlarini koʻklarga koʻtarib faqat ugina podsho boʻla olishini taʼkidlagan holda, hokimiyatni boshqarishga haqli talab bilan chiqayotganligini qoʻllaydi. Haydarning boshqa — Mir Nasrullohni qoʻllab quvvatlashni afzal bildi. Shu bois, Mir Husayin hokimiyatni atigi 75 kun boshqardi.

Uning oʻlimidan keyin taxt vorusligi masalasida saroy ikki guruhga boʻlindi. Muhammad Hakim qushbegining taxtga oʻz odamini oʻtkazishga boʻlgan urinishi muvaffaqqiyatsiz chiqqanidan keyin, Umar tarafdorlariga ochiqdan ochiq qarshi chiqishdan qoʻrqib, Umarni amir deb eʼlon qilishga majbur boʻldi. Yangi amir atigi toʻrt oyu olti kun hukmronlik qildi xolos, chunki u davlat ishlari bilan qiziqmas edi.

Umarxonning taxtdan agʻdarilishidan havfsiragan amir katta qoʻshin toʻplab, ellik kun mobaynida Buxoroni qamal qildi va 1827 yili Buxoro aʼyonlari Hakim, Qushbegi, Rajabbek, devonbegi va Ayozbiy koʻmagida shaharga kirib, taxtni egallaydi.

Shunday qilib, „Zafarnomayi husraviy“ muallifi va Muhammad Hakimning „Muntahab attavorix“ asari amir Nasrullohning taxtga oʻtirish davrini baʼzi tafovudlar bilan berishgan.

Buxoro taxtiga oʻtirgach, amir Nasrulloh kichik ukalari Zabir bilan Hamzani Buxoroning Amudaryo oʻrta oqimida joylashgan sobiq chekka viloyati Narazmga joʻnatadi. „Zafarnomai husraviy“da taʼkidlanishicha „hayrihohlarning maslahatlari hamda favqulotda holat yuz berishini oldini olish maqsadida“ shahzodalar Narazmga „umrbod surgunga“ yuborilgandi. Myhammad Hakimxon maʼlumoticha, tez orada amir Nasrulloh Qozibek qalmiq mirohurga shahzodalarni oʻldirishni topshirdi, u ham qulol qoqmay buyruqni ado etdi. Shahzodalarning oila aʼzolari hamda yaqin kishilardan 17 ta odan oʻldirildi.

Amir Nasrulloh Umarxon tarafdorlaridan shavqatsizlarcha oʻch olgach (amir Umarxon birmuncha vaqt Hirotda yashadi, keyin Qoʻqonga koʻchib oʻtdi va bu yerda vabo epidemiyasi vaqtida vafot etdi), markaziy davlatni mustahkamlash uchun, jon-jahti bilan harakat qila boshladi. Oʻz hokimiyatiga kuchli tayanch hosil qilish uchun Nasrulloh yetakchi qabilalarning oqsoqollarini, shuningdek, ruhoniy va mahalliy boyonlarning vakillarini yuqori mansablarga tayinladi. Buni amalga oshirishda mahalliy hokimlar va qabila oqsoqollari askarlari bilan qaqshatqich jangler olib borishga toʻgʻri kelardi. Bu borada, ayniqsa, Shahrisabz, Miyonqol hokimlari, Qoʻqon bilan chegaradosh Jizzah, Yom, Zomin, Oʻratepa va Xoʻjand, shuningdek, Afgʻonistonning sohilboʻyi shimoliy tumanlari koʻp muammo tugʻdirardi.

Amir Nasrulloh 1271/1856 yilda uyushtirgan navbatdagi yurishida Shahrisabz va Kitob mulklarini egalladi, Shahrisabz hokimi Iskandar dodxohni butun oilasi va ayonlari bilan birgalikda asir oldi. Hokimning Kenegas ismli qiziga uylanib, umrining oxirigacha ushbu viloyatni qoʻl ostida ushlab turdi.

„Zafarnomai Husraviy“da amirning Qoʻqon hukmdori Muhammadalixonga qashi olib brogan harbiy yuishlari vaqtida Qoʻqonga toʻrt marta yurish qilgan.

Birinchi yurish vaqtida Peshogar istehkomini egallab, xonning taklifini qabul qilib, sulh tuzib qaytib ketdi. Samarqandga qaytgach, u kengash chaqirib, lashkarboshilar va aʼyonlariga mazkur tinchlik va doʻstlik bitimining mustahkamligiga shubha qilayotganligini eʼlon qildi. Amir Nasrulloh Muhammadalixon(Madalixon)ning xonlikdan Shahrisabzga badargʻa qilingan ukasi Sulton Mahmudni chaqirishni taklif qildi. Amir huzuriga keltirilgan Sulton Mahmud Zarafshon daryosining yuqori qismida joylashgan Urmetonga hokim qilib tayinlandi.

Sulton Mahmudning Buxoro amiri tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi handa undan Qoʻqon taxtiga nomzod sifatida foydalanishi Madalixonning gʻazabini keltirib, nafratini qoʻzgʻatdi. Amir Nasrulloh oʻzining ikkinchi yurishida SultonMahmudni Xoʻjandga hokim qilib tayinladi. Amir ketgandan soʻng, Madalixon ukasiga Toshkent bilan Dashti Qipchoqqa hokimlik qilishni topshirdi. Ukase ham jon deb rozi boʻlib, „amirdan yuz oʻgirib“ Toshkentga joʻnadi. Madalixon Buxoroliklar zabt etgan yerlarni yana oʻz amlokiga qoʻshib oldi. Buxoro amirining uchinchi yurishi 1842 yilning bahoriga toʻgʻri keldi. „Zafarnomai Husraviy“ muallifi mazkur bosqinning borishi va oqibatlarini batafsil tasvirlaydi. Amirning lashkarlari koʻz koʻribquloq eshitmaganshavqatsizliklar qildilar. Qoʻqonliklarning 5 ming kishi qatl etildi. Xonlik poytaxti talon-taroj etildi. Margʻilonga qochgan Madalixon va uning ukasi Sulton Mahmud tutib kelinib, qatl etildi. Shuningdek, xonning oʻgʻli Muhammad Aminxon ularning onasi shoira Nodira hamda Madalixon haramidan ikkita joriya qatl qilindi.

Amir Nasrullohning Qoʻqonga toʻrtinchi bosqini qoʻqonliklarning amirning gumashtasi Ibrohim parvonachiga hamda qirgʻiz-qipchoqlar yordamida hukumat boshiga kelgan Sheralixonga qarshi qoʻzgʻalonini bostirish uchun ishlab olib bordi va 1842 yilda uni amalga oshirdi.

Amir Nasrullohning Qoʻqonga bosqinlari uning davlat boshqaruviga katta putur yetkazdi. Natijada, Qoʻqon siyosiy maydonida paydo boʻlgan qizgʻiz va qipchoqlar yangi siyosiy va harbiy unsure sifatida Qoʻqon xonligi tarixida xonlikning tugatilishida barqarorlashtiruvchi va markazdan qochirma roʻlni oʻynadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Shodmon Vohidov, Sherali Joʻrayev. Zafar Hakimov. „Moziyda Sado“. 4.(48).2010.