Zafar Polvonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zafar Polvonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zafar Polvonov
Tavallud sanasi 19-fevral 1985-yil (1985-02-19) (39 yosh)
Tavallud joyi Qarshi Oʻzbekiston
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Raqami 9
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2009 Shoʻrtan 54 (15)
2010 Xorazm 21 (9)
2011 Nasaf 3 (0)
2011 Shoʻrtan 5 (1)
2012 Dinamo 9 (1)
2012—2014 Olmaliq 57 (23)
2015—2017 Shoʻrtan 69 (19)
2017—2022 Olmaliq 105 (26)
2022 Andijon 8 (1)
2023 Shoʻrtan 14 (7)
Milliy terma jamoa
2016 Oʻzbekiston 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(25-oktyabr, 2023-yil uchun)

Zafar Polvonov (1985-yil 19-fevralda tugʻilgan) oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, pozitsiyasi boʻyicha hujumchi. Hozirda „Shoʻrtan“ jamoasida seleksioner murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zafar katta futboldagi birinchi professional jamoasi Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasi hisoblanadi. 2005-yildan Gʻuzorliklar safida 5 mavsum davomida toʻp surib, 2010-yilgi mavsumda „Xorazm“ jamoasi safida toʻp surdi. Xorazmlilar safida yaxshi darajada surgani natijasida 2011-yilgi mavsumda Anatoliy Demyanenko boshiligidagi „Nasaf“ klubi safiga oʻtdi. Yarim mavsum davomida kuchli jamoa tarkibidan oʻrin ololmadi va yozgi transfer vaqtida sobiq jamoasi Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi safiga borib qoʻshilgan.

2012-yil mavsum oldidan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2012-yilning yozgi transfer oynasi vaqtida jamoasi Olmaliqning „Olmaliq“ klubi yoʻnalishida oʻzgartirdi. 2015-yilgi mavsumda sobiq klubi Shoʻrtan klubi taklifiga bilan gʻuzurliklar safiga qaytdi[1]. Jamoa safida 2,5 mavsum davomida toʻp surdi va 2015-yilgi mavsumda Oʻzbekiston PFL kubogi qoʻlga kiritdi[2][3].

2017-yilgi yozgi transfer oynasi vaqtida Olmaliqliklar safiga qaytdi[4]. „AGMK“ safida ikkinchi bor toʻp surish ancha muvaffaqiyatli kechdi. Jamoa bilan 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi, 2019-2020-yilgi mavsumlarda esa mamlakat kubogini finaligach yetib kelishida katta hissa qoʻshdi. 2019-yilgi mavsumda shuningdek ilk bor oʻtkazilgan Oʻzbekiston Liga kubogining finaligacha „AGMK“ jamoasi bilan yetib bordi ammo finalda „Paxtakor“ jamoasiga imkoniyat boy berildi. Osiyo chempionlar ligasida esa „AGMK“ jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻldi[5][6]. 2019-yilda Oʻzbekiston Superligasida „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda 5 ta gol urishga erishdi[7][8]. 2022-yilgi mavsumda yozgi transfer oynasi vaqtida faoliyatidagi pasayish tufayli jamoasini almashtirdi, „Andijon“ klubi safiga borib qoʻshildi[9] va Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibiga aylandi.

2023-yilgi mavsumda sobiq jamoasi „Shoʻrtan“ jamoasi safiga oʻtdi.[10] 2023-yil 25-oktyabrda Shoʻrtan jamoasidagi soʻnggi oʻyinini oʻtkazib futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[11].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yildan „Shoʻrtan“ jamoasida murabbiy sifatidan faoliyatini boshlagan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"SHo'rtan" hujumchilarni yig'moqda. Polvonov ham "SHo'rtan"da“. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  2. „Zafar Polvonov oliy ligada ilk bor xet-trikka erishdi“. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  3. „Zafar Polvonov oliy ligada ilk bor xet-trikka erishdi“. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  4. „Polvonov, Magerramov va Rihsiboev "Olmaliq"da“. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  5. „OKMKning OCHLdagi to'purarini bilasizmi?“. 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  6. „OCHL. Zafar Polvonov - 2-turning eng yaxshi futbolchisi (+ramziy jamoa)“. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  7. „2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. AGMK - "Qo'qon-1912" 7:1“. 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  8. „Bilasizmi? Polvonov 2006 yildan buyon hech kim qila olmagan ishni qildi“. 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  9. „AGMKni yana bir hujumchi tark etdi va "Andijon"ga o'tdi“. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  10. „Zafar Polvonov "SHo'rtan"da“. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  11. „Про лига. "Шўртан" "Динамо"ни ютиб, Суперлигага чиқиш имкониятини сақлаб қолди, "Қўқон-1912" "Ғиждувон"га 8 та гол урди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]