Kontent qismiga oʻtish

Zafar Hakimov (olim)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zafar Abdullayevich Hakimov
Tavalludi 14-avgust 1942-yil
Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 26-may 2025-yil(2025-05-26)
(82 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi tarixchi, arxeolog
Sohasi tarix, arxeologiya, arxitektura

Zafar Abdullayevich Hakimov (1942-yil 14-avgust, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2025-yil 26-may, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek davlat va jamoat arbobi, tarixchi, arxeolog olim.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zafar Hakimov 1942-yil 14-avgustda Buxoroda tavallud topgan[1][2]. 1964-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlgan[3]. 1964—1985-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutida laborant, aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy kotib boʻlib faoliyat olib borgan.

Zafar Hakimov 1985—1988-yillarda Oʻzbekiston Badiiy fondi direktori, 1988—1990-yillarda Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi madaniyat boʻlimida mas’ul xodim, 1990—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatida madaniyat, fan, maʼnaviy tarbiya masalalari boʻyicha yetakchi konsultant, 1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, vaziri, 1993—1995-yillarda Oʻzteleradiokompaniya raisining birinchi oʻrinbosari, 1995—1997-yillarda Oʻzteleradiokompaniya raisi, 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatida jamoat tashkilotlari bilan aloqalar boʻyicha yetakchi konsultant, 1998—1999-yillarda Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotida yetakchi ilmiy muharrir vazifasida ishlagan[3].

1999-yildan boshlab „Moziydan sado“ ilmiy-amaliy, maʼrifiy jurnalining bosh muharriri hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutining tasviriy va amaliy sanʼat boʻlimi mudiri[2][4] lavozimida faoliyat yuritib kelgan[1]. Olim yana Oʻzbekiston Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert Kengashining aʼzosi boʻlgan[5].

Zafar Hakimov 2025-yil 26-mayda vafot etgan[1][5][6][7].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zafar Hakimov ilmiy faoliyati davomida tarix, arxeologiya, arxitektura masalalariga oid 50 ta maqolalar, monografiya va qoʻllanmalarini respublika nashrlarida nashr qilgan[3]. Zafar Hakimov 1970—1979-yillarda sovet-afgʻon arxeologik ekspeditsiyasi tarkibida Shimoliy Afgʻonistonda oʻnlab qadimiy voha va manzilgohlarni kashf etgan[1][6][4].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Sobiq madaniyat vaziri, olim Zafar Hakimov vafot etdi“. xabar.uz (2025-yil 26-may). 2025-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 26-may.
  2. 2,0 2,1 Shexroz Jalgʻashev. „Davlat va jamoat arbobi Zafar Hakimov vafot etdi“. qalampir.uz (2025-yil 26-may). 2025-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 26-may.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Arxeolog olim, davlat va jamoat arbobi Zafar Hakimov vafot etdi“. gazeta.uz (2025-yil 26-may). 2025-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 26-may.
  4. 4,0 4,1 „Taʼziya!“. gov.uz (2025-yil 26-may). 2025-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 26-may.
  5. 5,0 5,1 „Arxeolog olim Zafar Hakimov vafot etdi“. platina.uz (2025-yil 26-may). 2025-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 26-may.
  6. 6,0 6,1 „Ушёл из жизни ученый-археолог Зафар Хакимов“ (rus tilida). darakchi.uz (2025-yil 26-may). 2025-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 26-may.
  7. Abror Umarkulov. „Arxeolog olim, davlat va jamoat arbobi Zafar Hakimov vafot etdi“. yuz.uz (2025-yil 26-may). 2025-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 26-may.