Z avlod
Ushbu andoza quyidagi mavzuning bir qismi: |
Gʻarb dunyosida mavjud bo‘lgan avlodlar quyidagi nomlar bilan atalgan |
---|
![]() |
Z (zed) avlod, shuningdek, xalq tilida zumerlar[1][2] deya ataluvchi Millennials avloddan keyingi, Alfa avloddan oldingi demografik kogorta. Tadqiqotchilar hamda mashur ommaviy axborot vositalari ushbu atamani XX asr 90-yillarining oʻrtalaridan 2010-yillarning dastlabki qismigacha boʻlgan davrda dunyoga kelgan avlod vakillari uchun qoʻllashadi. Zed avlodning aksariyat qismi X (iks) avlod vakillarining farzandlari hisoblanishadi[3].
Yoshligidanoq internet va portativ raqamli texnologiyalar muhitida ulgʻaygan dastlabki avlod sifatida tariflanuvchi „zumerlar“ raqamli savodxonlikka ega boʻlmasalarda, „internet avlodi“, deb ham atalishadi[4][5][6]. Qolaversa, ekran vaqti keltirib chiqaruvchi salbiy taʼsirlari yosh bolalarga qaraganda zumer oʻsmirlarda koʻproq namoyon boʻladi[7]. Oldingi avlodlar bilan solishtirganda, baʼzi rivojlangan mamlakatlarda Z avlod vakillari, odatda yaxshi xulq-atvorli, beparvo shaxslar boʻlib, xavf-xatar va tavakkalarni unchalik xush koʻrmaydilar[8]. Zumerlar oʻz yoshlariga nisbatan, oʻzlaridan avvalgi avlodlar vakillariga qaraganda sekinroq yashashga moyildirlar[9][10].
Ushbu avlod vakillarida oʻsmirlik davridagi homiladorlik va spirtli ichimliklar isteʼmol qilish koʻrsatkichlari quyi avlod vakillariga nisbatan kamroq darajada qayd etilgan[11]. Biroq, psixofaol dorilar qabul qilish holatlari haqida bunday deyish mushkuldir[12][13]. Zed avlod oʻsmirlari oʻtmishdoshlariga qaraganda akademik muvaffaqiyatlar va mehnat istiqbollari haqida koʻproq tashvishlanadilar[8][9]. Ushbu xavotirlarga qaramay, ular 1960-yillardagi hamkasblariga qaraganda mamnuniyat hissidan koʻproq qoniqish hosil qilishadi[14]. Oʻsmirlar orasida bu kabi qilmishlari qanday oqibatlarga olib kelishini tushunmagan holda amalga oshiriluvchi seksting — mobil telefon orqali shahvoniy suratlar yoki xabarlarni yuborish harakatlari koʻpaydi[15]. Shu bilan birga, oʻsmirlar submadaniyatlari, garchi butunlay yoʻqolmagan boʻlsa-dam moʻtadillasha boshladi[16][17].
Qiz bolalarda balogʻatga yetish davrining oʻrtacha yosh koʻrsatgichi, qlobal miqyosda, 20-asrga nisbatan[18][19] ancha qisqargani ularning farovonligi va kelajagiga taʼsir qilgani haqida dalillar mavjud[18][20][21][22]. Bundan tashqari, zed avlod oʻsmirlarida allergiya[23][24] va ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolar hamda bu kabi holatlar boʻyicha kelib tushgan murojaatlar soni anchagina yuqoriga koʻrsatgichlarga ega[8][25][26][27]. Shuningdek, zumerlarda uyqusizlik kasalligi bilan bogʻliq muammolar ham keng kuzatiladi[5][28][29]. Koʻpgina mamlakatlarda Zed avlodning yosh vakillariga oldingi avlod kishilariga qaraganda koʻproq aqliy zaiflik va psixiatrik kasalliklar boʻyicha tashxis qoʻyiladi[30][31].
Butun dunyo boʻylab zed avlod vakillari elektron qurilmalarga koʻproq vaqt sarflaganlari uchun kitob mutolaa qilishdan uzilib qolishmoqda[32][33][34]. Ushbu jarayon oqibatlari ularning diqqat oralig'i (chalgʻishdan oldin bir vazifaga diqqatni jamlash uchun sarflangan vaqt miqdori)ga[35][36] soʻz boyligiga[37] va maktab baholariga[38], shuningdek, zamonaviy iqtisodiyotdagi kelajaklariga salbiy taʼsir keltirib chiqaradi[32]. 2000—2010-yillarda osiyolik pedagoglar odatda eng yaxshi talabalarni qidirib, ularni ragʻbatlantirgan boʻlsalar, Gʻarbiy Yevropa va Qoʻshma Shtatlarda asosiy eʼtibor past koʻrsatkichlarga qaratildi[39].
Terminning kelib chiqish etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu atamaning qachon o'rnashib qolganligini aniqlash uchun ilmiy jarayon mavjud bo'lmasa-da, ma'lum impulslar Gen Z qisqartmasidan oldin paydo bo'lganligiga ishora qilmoqda. Zed avlod atamasi X (iks) avlod boshlab bergan alifbo tartibini davom ettiruvchi Y (igrik) avlod (Millennials)dan keyingi davr vakillari uchun qoʻllaniladi[40][41].
Ushbu atamaning alternativ variantlari sifatida taklif qilingan nomlar orasida AyJenereyshn (iGeneration)[42], Vatan avlodi (Homeland Generation), Net Jen (Net Gen)[42], Dijital Neytivs (Digital Natives)[42], Neo-Dijital Neytivs (Neo-Digital Natives)[43][44], Plyuralist avlod (Pluralist Generation)[42], Internet avlodi (Internet Generation)[45], Senteniyels (Centennials)[46] va Post-Millennials[47] kabi atamalar mavjud. Internet avlodi atamasi ushbu avlod internet ommaviy ravishda qabul qilingandan keyingi davrda tugʻilgan shaxslarga ishora qiladi[45].
Psixologiya boʻyicha professor va bir qancha kitoblar muallifi Jean Twenge (talaffuzi: Jan Tvenj) iGeneration (yoki qisqacha iGen (AyJen)) atamasini qoʻllagan dastlabki shaxs boʻlgan. Ushbu atamani oʻzining 2006-yilgi Millennials haqidagi Generation Me kitobining sarlavhasi sifatida ishlatmoqchi boʻlgan. Biroq, bu harakat Atria Publishing Group nashriyoti tomonidan bekor qilinadi. Oʻsha paytlarda iPod va iMac kompyuterlari bor edi, biroq, hali iPhone va iPadlar mavjud boʻlmagan. Keyinchalik, Twenge ushbu atamani 2017-yilgi iGen kitobi uchun ishlatgan. Bu nom 2009-yilda demograf Cheryl Russell (talaffuzi: Sheril Rassell) tomonidan yaratilgani iGen kitobida tasdiqlangan[42].
2014-yilda yozuvchi Neil Howe William Strauss bilan birgalikda Strauss–Howe avlod nazariyasining davomi sifatida „Vatan avlodi“ jumlasini atama sifatida kiritdi. „Vatan“ atamasi 11-sentyabr xurujlari boʻlib oʻtgandan soʻng, Milliy xavfsizlik departamenti kabi organlar tomonidan mamlakatning himoya nazorati choralari kuchga kirganidan keyingi vaqt davomida oʻz bolalik davrini oʻtkazgan dastlabki avlod vakillari uchun qoʻllaniladi[48].
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Words We're Watching: 'Zoomer'“. Merriam-Webster (oktabr 2021). Qaraldi: 25-oktabr 2021-yil.
- ↑ „zoomer“. Dictionary.com. Qaraldi: 14-iyun 2020-yil.
- ↑ „Who Are the Parents of Gen Z?“. Signal Vine (26-avgust 2021-yil). Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
- ↑ Turner, Anthony (2015). „Generation Z: Technology And Social Interest“. Journal of Individual Psychology. 71-jild, № 2. 103–113-bet. doi:10.1353/jip.2015.0021.
- ↑ 5,0 5,1 Twenge, Jean. „Teens are sleeping less – but there's a surprisingly easy fix“. The Conversation (19-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2020-yil.
- ↑ Strauss, Valerie. „Today's kids might be digital natives — but a new study shows they aren't close to being computer literate“. The Washington Post (16-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 21-noyabr 2019-yil.
- ↑ Adelantado-Renau, Mireia; Moliner-Urdiales, Diego; et al. (September 23, 2019). „Association Between Screen Media Use and Academic Performance Among Children and Adolescents: A Systematic Review and Meta-analysis“. JAMA Pediatrics. 173-jild, № 11. American Medical Association. 1058–1067-bet. doi:10.1001/jamapediatrics.2019.3176. PMC 6764013. PMID 31545344.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „Generation Z is stressed, depressed and exam-obsessed“. The Economist (27-fevral 2019-yil). Qaraldi: 28-mart 2019-yil.
- ↑ 9,0 9,1 „Teenagers are better behaved and less hedonistic nowadays“. The Economist (10-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2020-yil.
- ↑ Twenge, Jean. „Why today's teens aren't in any hurry to grow up“. The Conversation (19-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.
- ↑ UCL. „How to fix the 'unhappiest generation ever'“ (en). UCL News (6-avgust 2020-yil). Qaraldi: 8-avgust 2020-yil.
- ↑ Schepis, Ty. „College-age kids and teens are drinking less alcohol – marijuana is a different story“. The Conversation (19-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 21-noyabr 2020-yil.
- ↑ Hymas, Charles. „Generation Z swap drink for drugs as class A use by 16-24-year-olds rises by half in seven years“. The Telegraph (9-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2020-yil.
- ↑ Protzko, John (May–June 2020). „Kids These Days! Increasing delay of gratification ability over the past 50 years in children“. Intelligence. 80-jild, № 101451. doi:10.1016/j.intell.2020.101451.
- ↑ Del Rey, Rosario; Ojeda, Mónica; Casas, José A.; Mora-Merchán, Joaquín A.; Elipe, Paz (August 21, 2019). Rey, Lourdes (muh.). „Sexting Among Adolescents: The Emotional Impact and Influence of the Need for Popularity“. Frontiers in Psychology. 10-jild, № 1828. 1828-bet. doi:10.3389/fpsyg.2019.01828. PMC 6712510. PMID 31496968.
- ↑ Petridis, Alexis. „Youth subcultures: what are they now?“. The Guardian (20-mart 2014-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
- ↑ Watts, Peter. „Is Youth Culture A Thing of the Past?“. Apollo Magazine (10-aprel 2017-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
- ↑ 18,0 18,1 Weir, Kirsten (March 2016). „The risks of earlier puberty“. Monitor. 47-jild, № 3. American Psychological Association. 40-bet.
- ↑ Eckert-Lind, Camilla; Busch, Alexander S.; Petersen, Jørgen H.; Biro, Frank M.; Butler, Gary; Bräuner, Elvira V.; Juul, Anders (2020). „Worldwide Secular Trends in Age at Pubertal Onset Assessed by Breast Development Among Girls: A Systematic Review and Meta-analysis“. JAMA Pediatrics. 174-jild, № 4. American Medical Association. e195881-bet. doi:10.1001/jamapediatrics.2019.5881. PMC 7042934. PMID 32040143.
- ↑ Lamothe. „The health risks of maturing early“. BBC Future (12-iyun 2018-yil). Qaraldi: 9-yanvar 2021-yil.
- ↑ University Of Southampton. „New Research Shows How Evolution Explains Age Of Puberty“. Science Daily (1-dekabr 2005-yil). Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.
- ↑ Hochberg, Ze′ev; Konner, Melvin (2020). „Emerging Adulthood, a Pre-adult Life-History Stage“. Frontiers in Endocrinology. 10-jild, № 918. 918-bet. doi:10.3389/fendo.2019.00918. PMC 6970937. PMID 31993019.
- ↑ Graphic Detail. „The prevalence of peanut allergy has trebled in 15 years“. The Economist (3-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2019-yil.
- ↑ „Why everybody is suddenly allergic to everything“. National Post (30-iyul 2019-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2019-yil.
- ↑ Chandler-Wilde, Helen. „The future of Gen Z's mental health: How to fix the 'unhappiest generation ever'“ (en-GB). The Telegraph (6-avgust 2020-yil). Qaraldi: 8-avgust 2020-yil.
- ↑ American Psychological Association. „Mental health issues increased significantly in young adults over last decade“. Science Daily (15-mart 2019-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2020-yil.
- ↑ Schraer, Rachel. „Is young people's mental health getting worse?“. BBC (11-fevral 2019-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2020-yil.
- ↑ Kansagra, Sujay (May 2020). „Sleep Disorders in Adolescents“. Pediatrics. 145-jild, № Supplement 2. American Academy of Pediatrics. S204–S209-bet. doi:10.1542/peds.2019-2056I. PMID 32358212.
- ↑ University of Rochester. „Parents aren't powerless when it comes to sleep-deprived teenagers“. Science Daily (9-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2021-yil.
- ↑ Maulik, Pallab K.; Mascarenhas, Maya N.; Mathers, Colin D.; Dua, Tarun; Saxena, Shekhar (2011). „Prevalence of intellectual disability: A meta-analysis of population-based studies“. Research in Developmental Disabilities. 32-jild, № 2. 419–436-bet. doi:10.1016/j.ridd.2010.12.018. PMID 21236634.
- ↑ Buckley, Nicholas; Glasson, Emma J.; et al. (May 30, 2020). „Prevalence estimates of mental health problems in children and adolescents with intellectual disability: A systematic review and meta-analysis“. Australian and New Zealand Journal of Psychiatry. 54-jild, № 10. The Royal Australian and New Zealand College of Psychiatrists. 970–984-bet. doi:10.1177/0004867420924101. PMID 32475125.
- ↑ 32,0 32,1 Thomas, Leigh. „Education levels stagnating despite higher spending: OECD survey“. Reuters (3-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 5-fevral 2020-yil.
- ↑ Ferguson, Donna. „Children are reading less than ever before, research reveals“. The Guardian (29-fevral 2020-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2020-yil.
- ↑ Sliwa, Jim. „Teens Today Spend More Time on Digital Media, Less Time Reading“. American Psychological Association (20-avgust 2018-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2020-yil.
- ↑ „How Technology Affects the Attention Span of Children“. Your Therapy Source (18-aprel 2019-yil). Qaraldi: 31-mart 2021-yil.
- ↑ „Too Much Screen Time?“. Penn State University. Qaraldi: 31-mart 2021-yil.
- ↑ Massey University. „Vocabulary on decline due to fewer books“. Phys.org (20-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2020-yil.
- ↑ Adams, Richard. „Teachers in UK report growing 'vocabulary deficiency'“. The Guardian (19-aprel 2018-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2020-yil.
- ↑ Clynes, Tom (September 7, 2016). „How to raise a genius: lessons from a 45-year study of super-smart children“. Nature. 537-jild, № 7619. 152–155-bet. Bibcode:2016Natur.537..152C. doi:10.1038/537152a. PMID 27604932.
- ↑ Shapiro, Jordan. The New Childhood: Raising Kids to Thrive in a Connected World. Little, Brown, 2018.
- ↑ „Generation Z“. Lexico. Oxford University Press. 29-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-may 2021-yil.
- ↑ 42,0 42,1 42,2 42,3 42,4 Horovitz, Bruce. „After Gen X, Millennials, what should next generation be?“. USA Today (4-may 2012-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2012-yil.
- ↑ Thomas, Michael. Deconstructing Digital Natives: Young People, Technology, and the New Literacies (en). Taylor & Francis, 19 April 2011. ISBN 978-1-136-73900-2.
- ↑ Takahashi, Toshie T. „Japanese Youth and Mobile Media“. Rikkyo University. Qaraldi: 10-may 2016-yil.
- ↑ 45,0 45,1 „Generations in Canada“. www12.statcan.gc.ca.
- ↑ „Meet Generation Z“. CBS News. — „Generation Z is also hugely synonymous with technology because Centennials grew up in the era of smartphones. In fact, most of today's youth can't even remember a time before social media.“. Qaraldi: 15-yanvar 2021-yil.
- ↑ Fry. „Early Benchmarks Show 'Post-Millennials' on Track to Be Most Diverse, Best-Educated Generation Yet“. Pew Research Center (15-noyabr 2018-yil).
- ↑
{{cite magazine}}
: Empty citation (yordam)
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Palfrey, John. Born Digital: Understanding the First Generation of Digital Natives. Basic Books, 2008. ISBN 9780465005154.
- Arum, Richard. Academically Adrift - Limited Learning on College Campuses. Chicago, IL: The University of Chicago Press, 2011. ISBN 9780226028569.
- McCrindle, Mark. The ABC of XYZ: Understanding the Global Generations. McCrindle Research, 2014.
- Combi, Chloe. Generation Z: Their Voices, Their Lives. London: Hutchinson, 2015. OCLC 910606762.
- Greenspan, Louise. The New Puberty: How to Navigate Early Development in Today's Girls. Rodale Books, 2015. ISBN 978-1623365981.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Turli xillikning salbiy tomoni (inglizcha). Michael Jonas. The New York Times. 2007-yil 5-avgust.
- Yangi Amerika: Zamonaviy oila. Pew tadqiqot markazi. 2014-yil 30-aprel. (video, 2:16 daqiqa)
- Z avlod bilan tanishing: Millennials haqida oʻrgangan hamma narsani unuting — Sparks and Honey tomonidan tayyorlangan 2014-yilgi taqdimot
- Universitet diplomi pulni behuda sarflashmi? CBC News: The National. 2017-yil 1-mart. (Video, 14:39 daqiqa)
- Z avlod tadqiqoti. (Veb versiya) Rubin Postaer and Associates (RPA). 2018-yil.
- Biz oʻsmirlardan kattalar uchun texnologiyalar boʻyicha nima yetishmayotganini soʻradik. Bu eng yaxshi javob boʻldi. Taylor Fang. MIT texnologiya sharhi. 2019-yil 21-dekabr.
- Amish texnologiyadan siz oʻylaganingizdan boshqacha foydalanadi. Biz ularga taqlid qilishimiz kerak. Jeff Smith. The Washington Post. 2020-yil 17-fevral.
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |