Kontent qismiga oʻtish

Yuzuru Hanyu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yuzuru Hanyu - 羽生 結弦

Yuzuru Hanyu - 2018 Qishki Olimpiyada o'yinlari
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Yapon
Tavallud sanasi 1994-yil 7-dekabr (1994-12-07) (31 yosh)
Sendai, Yaponiya
Boʻyi 172 sm
Veb-sayti @hanyuyuzuru2624
Mukofotlar
Sport
Qaysi sport Figurali uchish

Yuzuru Hanyu (羽生 結弦, Hanyū Yuzuru; Hiragana: はにゅう ゆづる; 1994-yil 7-dekabrda tugʻilgan) – Yaponiyalik figurali uchuvchi va muz shoulari prodyuseri. U toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan va 2004-yildan 2022-yilgacha erkaklar yakkalik yoʻnalishida musobaqalarda qatnashgan. U yakkaxon yoʻnalishda Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan ilk Osiyolik sportchi hisoblanadi. U ikki karra Jahon chempioni (2014, 2017), olti karra Yaponiya milliy chempioni (2012–2015, 2020–2021) hamda ketma-ket toʻrt marta Grand Prix Final gʻolibi (2013–2016) boʻlgan ilk yakkaxon sportchidir. Hanyu 2003-yilda joriy etilgan ISU Judging Systemdan beri yakkalik yoʻnalishida eng koʻp – 19 marta jahon rekordini yangilagan sportchi hisoblanadi. U xalqaro musobaqalarda toʻrt aylanishli loop sakrashini muvaffaqiyatli bajargan birinchi figurali uchuvchi hamdir.

Hayoti va Karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuzuru Hanyu 1994-yil 7-dekabrda Yaponiyaning Sendai shahrida tugʻilgan. Otasi Hidetoshi Hanyu (oʻrta maktab oʻqituvchisi) va onasi Yumi Hanyu (sobiq savdo markazi xodimi), oilada ikkinchi farzand hisoblanadi[1][2]. Ikki yoshida Hanyuga astma tashxisi qoʻyilgan. Vaqt oʻtishi bilan bu holat asta-sekin yaxshilangan boʻlsa-da, oʻsmirlir davridagi faoliyatida uning chidamliligiga salbiy taʼsir koʻrsatgan[3].

U toʻrt yoshida Ice Rink Sendai (sobiq Konami Sports Club) muz maydonida konkida uchishni boshlagan[4]: 2 . Murabbiy Mami Yamada unga opasining mashgʻulotlari paytida bezovta qilmaslik oʻrniga sport bilan shugʻullanishni tavsiya qilgan.

Faoliyatining boshlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hanyu ilk bor 2004–2005 mavsumida musobaqalarda qatnashgan va Japan Championshipsda Novice B toifasida (novislar darajasining quyi toifasi) oltin medalni qoʻlga kiritgan[4].

2008–2009 mavsumida u oʻsmirlar (junior) darajasiga koʻtarilib, xalqaro maydondagi debyutini ISU Junior Grand Prix doirasida Italiyada oʻtkazilgan Merano Cup musobaqasida amalga oshirgan va beshinchi oʻrinni egallagan[5]. Shu mavsumning oʻzida u Japan Junior Championshipsda oltin medalni qoʻlga kiritib, 13 yoshida ushbu musobaqada gʻolib chiqqan eng yosh erkak figurali uchuvchiga aylangan.

2013–14 mavsum: Birinchi Olimpiada va jahon chempionligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk Olimpiada mavsumida Hanyu qisqa dastur sifatida „Parisienne Walkways“ni ijro etdi. Erkin dastur uchun esa Nino Rotaning Romeo va Juliet asaridan musiqani tanladi. Bu erkin dastur David Wilson tomonidan xoreografiyalashtirilgan. U mavsumni 2013-yilgi Finlandia Trophy musobaqasida gʻalaba bilan boshladi hamda 2013 Skate Canada va Trophée Éric Bompard bosqichlarida kumush medalni qoʻlga kiritib, 2013–2014 Grand Prix Final yoʻllanmasini oldi[6].

Finalda u qisqa dasturda 99.84 ball bilan yangi jahon rekordini oʻrnatdi va umumiy hisobda Patrick Chan (kumush) hamda Nobunari Oda (bronza)dan oldinda birinchi oʻrinni egallab, kattalar oʻrtasidagi ilk yirik xalqaro unvonini qoʻlga kiritdi[7][8]. Japan Championships musobaqasida Hanyu ikkinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi va 2014-yil Qishki Olimpiada oʻyinlari hamda World Championships uchun Yaponiya terma jamoasiga tanlandi.

Qishki Olimpiada musobaqasining Sochi shahrida oʻtgan bahslarida u figurali uchish boʻyicha jamoaviy bahsning erkaklar qisqa dasturida ishtirok etib, Yaponiya jamoasi uchun 10 ochko olib berdi[9]. Yakkalik bahsida esa u oʻzining jahon rekordini yangilab, qisqa dasturda 101.45 ball toʻplab 100 balldan oshgan birinchi figurali uchuvchiga aylandi. Erkin dasturda ikki marta yiqilganiga qaramay, umumiy 280.09 ball bilan yangi Olimpiada rekordini oʻrnatib, musobaqada gʻalaba qozondi. U Patrick Chan (kumush) va Denis Ten (bronza)dan oldinda yakunladi[10][11].

Bu gʻalaba bilan Hanyu 1948-yildan beri, yaʼni amerikalik Dick Buttondan soʻng eng yosh Olimpiada oltin medali sovrindoriga aylandi[10]. Shuningdek, u erkaklar yakkalik bahsida Olimpiada chempioni boʻlgan ilk osiyolik sportchi va figurali uchish boʻyicha Yaponiya uchun ikkinchi Olimpiada chempioni boʻldi (birinchisi – 2006-yil Turinda ayollar bahsida gʻalaba qozongan Shizuka Arakawa)[12][13].

Hanyu mavsumni Yaponiyaning Saitama shahrida oʻtgan World Championships musobaqasidagi gʻalaba bilan yakunladi. U vatandoshi Tatsuki Machidani 0.33 ball farq bilan magʻlub etdi va 2002–2001-yilgi mavsumdan beri (rossiyalik Alexei Yagudindan soʻng) bir mavsumning oʻzida Olimpiada, jahon chempionati va Grand Prix Finalda gʻalaba qozongan birinchi figurali uchuvchiga aylandi[14].

  1. „"Yuzuru Hanyu" and "Shohei Otani": Both fathers love baseball“ (ja). Bunkyo, Tokyo: Kobunsha (2018-yil 12-aprel). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Yuzuru Hanyu wins the grand prize and Tomokazu Harimoto the special prize ... Tōhoku Sports Press Association Sports Awards“ (ja) (2018-yil 24-may). 2021-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Flade, Tatjana. „Shooting for the top“ (en-US). Golden Skate (2011-yil 21-aprel). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  4. 4,0 4,1 Jojima, Mitsuru. „8-year-old Yuzuru Hanyu, the origin of a genius skater: "A boy like a jewel" "The time spent with Yuzuru is my fertilizer" Why a famous artist was grateful“ (ja). Chiyoda, Tokyo: Bungeishunjū (2022-yil 22-iyul). 2022-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Competition Results – Yuzuru Hanyu (JPN)“. International Skating Union (2022-yil 12-may). 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Versluis rikkoi Suomen ennätyksen Finlandia Trophyssa“ (fi) (2013-yil 6-oktyabr). 2021-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  7. ISU progression of menʼs highest historical scores. International Skating Union. Lausanne (March 24, 2018). Statistics by competition segment:
  8. McCarvel, Nick. „Hanyu cruises over Chan, claims Grand Prix Final gold“ (en-US). NBC Sports (2013-yil 6-dekabr). 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Wilner, Barry. „Figure Skating Team Event Debuts in Sochi“ (en-US). NBC New York (2014-yil 6-fevral). 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  10. 10,0 10,1 Longman, Jeré. „Yuzuru Hanyu of Japan Wins Men's Figure Skating Gold“ (en-US) (2014-yil 14-fevral). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „Men's Historical Absolute Best Scores“. International Skating Union (2018-yil 24-mart). 2018-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Sarkar, Pritha. „Hanyu survives blunders to win gold“. Reuters (2014-yil 14-fevral). 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „Winter Olympics: Emotional Hanyu gives Japan first men's gold“. AFP (2014-yil 15-fevral). 2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „The day Yuzuru Hanyu announced himself to the world“. International Olympic Committee (2020-yil 14-fevral). 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan.