Kontent qismiga oʻtish

Yuzboshi (unvon)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yuzboshi — harbiy unvon, yuz nafar askar boshligʻi. Turk xoqonligi davridan amalda boʻlgan. Yuzboshi bevosita mingboshita boʻysungan, uning qoʻl ostida 10 ta oʻnboshi faoliyat koʻrsatgan. Amir Temur davrida Yuzboshi oʻnboshiga qaraganda 2 hissa koʻp maosh olgan (taxminan 20 otning qiymatiga teng). Yuzboshiga harbiy yurishlar paytida alohida chodir, turli qurolyarogʻlar va 10 ta qoʻshimcha ot berilgan. 20-asr boshlarida Turkistonda sovet davlatlariga qarshi kurash davrida baʼzi qoʻrboshilar Yuzboshi unvonini olgan. Keyinchalik bu unvon tugatilgan. Yuzboshi mansabi va unvoni oʻrta asrlarda turli mamlakatlarda (mas, Rossiyada "sotnik", Ukrainada "sotnya") ham mavjud boʻlgan.

  • Temur tuzuklari, T., 1996; Vohidov Sh., Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligida unvon va mansablar, T., 1996.