Yusufxon o‘g‘li Qosimxon (Afsonalar vodiysi) masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Yusufxon o‘g‘li Qosimxon (Afsonalar vodiysi) masjidi
Yusufxon o‘g‘li Qosimxon
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Namangan shahri
Manzil G'alaba ko'chasi
Koordinatalar 41,00312° N, 71,61862° E
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Hi-tech, zamonaviy arab meʼmorchiligi
Binokorlik 20172021
Soʻngi imom Musoxon Abbasiddinov
Umumiy maydoni 4 gektar
Oʻlchami 2000x700
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 2x40 metr
Qurilish materiali Oq marmar, granit, gʻisht
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Yusufxon o‘g‘li Qosimxon jome masjidi — Namangan viloyati Namangan shahrida 20 ming kvadrat metr joyda qurilgan. Uning hovlisining umumiy maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Shundan 2 gektari 700 o‘rinli avtoturargoh uchun mo‘ljallangan. Bir vaqtning o‘zida 15 ming namozxon ibodat qilishi mumkin. Xonaqohning o‘ziga 4,5 ming kishi sig‘adi. Shuningdek, 100 kishiga xizmat qiladigan tahoratxona ham mavjud[1].

Turkiyalik tajribali arxitektorlar tomonidan yaratilgan loyiha asosida bunyod etilgan. Masjid qurilishi 2017-yilda boshlanib 2021-yilda yakunlangan[2].


Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu joyda X asrlarda Buyuk ipak yo‘lida katta karvonsaroy bo‘lgan[3]. Uning ichida masjid ham bo‘lgani qayd etilgan. Imom-xatib: Maqsudali Qosimov Musoxon Abbasiddinov

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]