Yusufjon Maʼrufjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maʼrufjonov Yusufjon (1877, Margʻilon — 1960) — yogʻoch oʻymakori, duradgor; xalq ustasi. Oʻyma naqshli eshik, rom, deraza, darvozalar tay-yorlagan, javon, kursi, quticha, sandal kabi uy jihozlari ishlagan. M. yaratgan asarlarida oʻymakorlik usullarini dadil qoʻllashi, naqsh mujassamotlarini yangi mavzular bilan boyitishi diqqatga sazovor. Ustaning noyob ishlaridan biri — Alisher Navoiyning 500 y.ligiga oʻymakori usulida yaratgan shoirning portreti (107x77 sm, yongʻoq yogʻochi, lok, 1948), portret atrofi anʼanaviy naqshlar bilan hoshi-yalangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil