Kontent qismiga oʻtish

Yusuf Ma Dexin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yusuf Ma Dexin (shuningdek, Ma Tesing; 1794–1874) – yunnanlik xuey hanafiy-moturidiy ulamo[1][2]. Arab va fors tillarini ravon va mukammal bilishi hamda islom haqidagi bilimi bilan tanilgan[3]. Xitoychada Ma Fuchu, arabchada Abduqayyum Ruh ad-Din Yusuf (عبد القيوم روح الدين يوسف) ismidan foydalangan[4]. Shuningdek, „Mavlono al-Haj Yusuf Ruh ad-Din Ma Fujuh“ (مولانا الحاج يوسف روح الدين ما فو جوه) nomi bilan ham tanilgan.