Yusuf II
| Yusuf II | |
|---|---|
| Muvahhidlar xalifasi | |
| Muvahhidlar davlati hukmdori | |
| Saltanat | 1213–1224 |
| Oʻtmishdoshi | Muhammad an-Nosir |
| Davomchisi | Abdulvohid I |
| Tugʻilishi | taxminan 1203 |
| Vafoti | 1224 |
| Otasi | Muhammad an-Nosir |
| Onasi | Qamar |
| Dini | Islom |
Abu Yoqub Yusuf al-Mustansir (Yusuf II nomi bilan ham tanilgan, tax. 1203–1224) (arabcha: يوسف بن الناصر) 1213-yildan to vafotiga qadar Muvahhidlar xalifasi boʻlgan. Oʻzidan oldingi xalifa Muhammad an-Nosirning oʻgʻli[1]. Oʻn yoshli Yusuf otasi vafot etayotgan chogʻda kutilmaganda merosxoʻr etib tayinlangan[2]. Otasinig vafotidan soʻng Muvahhid shayxlari uni xalifa etib sayladilar va unga „al-Mustansir billoh“ („Allohning yordamiga tayanadigan“) xalifalik unvonini berildi. Onasi Qamar ismli nasroniy choʻri ayol boʻlgan[3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yosh va zavq-shavqni yoqtiradigan Yusuf II Muvahhidlar imperiyasini boshqarishni muvozanat bilan tuzilgan oliy tabaqa vakillaridan iborat oliy kengashga topshirdi. Bu kengash tarkibiga otasining Al-Andalusdagi birodarlari, Ifriqiyadagi amakivachchasi Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Hafs, Marokash saroyi amaldorlari, jumladan, vazir Abu Said Usmon ibn Jomiy, shuningdek, Muvahhidlarning Masmuda qabilalari shayxlari kirar edi. Biroq markaziy rahbariyatning yoʻqligi va 1212-yilda Navas de Tolosa jangida Muvahhid qoʻshinining ogʻir talafot koʻrishi natijasida Magʻribda ketma-ket qoʻzgʻolonlar yuzaga keldi. Ularni jilovlash Muvahhidlar oliy kengashi uchun qiyin boʻlib, bu hol oxir-oqibatda Ifriqiyaning Muvahhidlar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil ravishda Hafsiylar sulolasi qoʻl ostida shakllanishiga olib keldi.
Yusuf II 1224-yil boshida kutilmaganda vafot etdi, oʻzining sigirlari bilan oʻynayotgan vaqtida tasodifan sigirlar uni shoxi bilan suzib oʻldirib qoʻygan edi[4]. Xalifaning merosxoʻrlari yoʻqligi sababli saroy amaldorlari, Ibn Jomiy boshchiligida tezda Marokashda uning qari amakisi Abdulvohid I ni yangi xalifa etib sayladilar. Biroq Marokashda bunday shoshma-shosharlik bilan amalga oshirilgan va ehtimol konstitutsiyaga zid jarayon Al-Andalusdagi an-Nosirning birodarlarini, yaʼni Yusufning ammalarini ranjitdi. Ular ushbu qarorni tan olishmadi va oʻz xalifalari sifatida Abdulloh al-Odilni sayladilar[4].
Vazirlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hukmronligining birinchi yilida Yusuf II ning uch nafar vazirlari quyidagilar boʻlgan:
- Abu Said Usmon ibn Jomiy (1214), shuningdek, Muhammad an-Nosir davrida ham vazir boʻlgan;
- Abu Yahyo al-Hizrojiy (1214);
- Abu Ali ibn Ashrafiy (1214);
- Abu Said Usmon ibn Jomiy (ikkinchi bor 1214–1223).
Abu Said Usmon ibn Jomiy, shuningdek, Abdulvohid I hukmronligida ham vazir sifatida xizmat qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Joseph F. OʻCallaghan, A History of Medieval Spain
- ↑ Hugh Kennedy (1996) Muslim Spain and Portugal: A Political History of al-Andalus. London: Addison-Wesley-Longman
- ↑ Yusuf II al-Mustansir Billah
- ↑ 4,0 4,1 Hugh Kennedy (1996) Muslim Spain and Portugal: A Political History of al-Andalus. London: Addison-Wesley-Longman
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ushbu maqola fransuz Vikipediyasida tegishli maqola tarjimasi sifatida boshlandi, 2005 yil 30 sentabr kuni u yerga kirdi.
- Julien, Charles-André. Histoire de l'Afrique du Nord, des origines à 1830, 1931.
| Oʻtmishdoshi: Muhammad an-Nosir |
Muvahhidlar sulolasi 1213–1224 |
Vorisi: Abdulvohid I |