Yustinas Marsinkyavichyus
Yustinas Marsinkyavichyus | |
---|---|
Justinas Marcinkevičius | |
![]() | |
Tavallud sanasi | 10-mart 1930[1][2] |
Vafot sanasi | 16-fevral 2011[3][2] |
Fuqaroligi | Litva va SSSR |
Asarlari tili | Litva tili[2] |
Yustinas Moteyaus Marsinkyavichyus (1930.10.3, Vajatkemis qishlogʻi, hozirgi Prenay tumani) — Litva xalq shoiri (1978). Ilk sheʼrlar toʻplami — "Soʻz soʻrayman" (1955). Doston ("Yigirmanchi bahor", 1956; "Qon va kul", 1960; "Devor", 1965) va dramatik dostonlariga ("Mindaugas", 1968; "Ibodatxona", 1971; "Majvidas", 1977) ramziy obrazlilik, falsafiy va ijtimoiy epik problematika xos. "Publitsistik doston" (1963), "Donelaytis" (1964) dostonlari, "Gʻallakor qoʻllar" (1963), "Yogʻoch koʻpriklar" (1966) va boshqa sheʼriy toʻplamlarida litva xalqi hayoti haqidagi oʻylari aks etgan. "Kuluvchan qaragʻay" qissasi (1961) yoshlarga bagʻishlangan. Bolalar uchun bir qanchaasarlar yozgan. "Mindaugas iztirobi" dramatik dostoni (1979) va turkum sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[4]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 2,2 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ "Marsinkyavichyus Yustinas Moteyaus" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |