Yuriy Xutornoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yuriy Petrovich Xutornoy (1921.16.3, Namangan — 1979.3.6, Toshkent) — seleksioner olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1971). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1948). G.S. Zaysev nomidagi Butunittifoq gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot instituti ingichka tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi laboratoriya mudiri (1956—79). Rnlashtirilgan ingichka tolali S6022, S6030, S6037 navlarini yaratgan. S6002 navi mualliflaridan biri. U yaratgan S6015, S6034, S6035, S6038 va boshqa navlar boshlangʻich material sifatida amaliy seleksiyada keng foydalaniladi.