Yuriy Shenger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Evgenyevich Shenger
Tavalludi 1904-yil 24-may
Rus imperiyasi
Vafoti 1974-yil 19-dekabr (70 yosh)
Toshkent
Ish joylari Leningrad, Moskva va Toshkent universitetlari
Taʼlimi Leningrad davlat universiteti
Ilmiy darajasi Iqtisodiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni Professor
Mashhur sovrinlari SU Order of the Badge of Honour ribbon.svg

Yuriy Evgenievich (Evgenovich) Shenger (1904 - 1974) - sovet iqtisodchisi, iqtisod fanlari doktori (1961), professor (1961).

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1904-yil 24-mayda tugʻilgan.

1924-yilda Leningrad davlat universitetining iqtisod fakultetini tamomlagan.

1924—1936-yillarda SSSR Davlat bankining Leningrad idorasida ishlagan; bir vaqtning oʻzida F.Engels nomidagi Leningrad xalq xoʻjaligi institutida (1926-yildan) bank ishi, pul va kredit nazariyasi fanidan, keyin - Leningrad moliya-iqtisod institutida (1930-yildan) dars bergan.

1936—1940-yillarda SSSR Davlat banki boshqaruvi kotibiyatida katta maslahatchi, SSSR Davlat bankining rejalashtirish-iqtisodiy boʻlimi mutaxassisi boʻlgan. Shu bilan birga, 1938—1939-yillarda Moskva kredit-iqtisodiyot institutining pul muomalasi va kredit kafedrasi mudiri boʻlgan[1].

Ulugʻ Vatan urushi paytida evakuatsiya qilingan. 1941—1945-yillarda SSSR Davlat banki boshqird idorasining qishloq xoʻjaligini kreditlash sektori boshligʻi, Olmaota kredit-iqtisodiyot institutida oʻqituvchi boʻlgan. 1946-yildan Toshkent xalq xoʻjaligi institutida (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) kafedra mudiri boʻlib ishlagan. 1955—1974-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori boʻlib ishlagan[2].

Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. “Shon-sharaf belgisi” ordeni va medallari bilan taqdirlangan.

1974-yil 19-dekabrda Toshkentda vafot etgan, shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Boshqirdiston Respublikasi Milliy banki tarixi muzeyida Ufada Ulugʻ Vatan urushi yillarida ishlagan olimlar — Yuriy Yevgenyevich Shenger va Natalya Nikolayevna Shabanovaga bagʻishlangan maxsus ekspozitsiya tashkil etilgan[3].

Ilmiy ishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Moliyaviy rejalashtirish. Moskva: „Gosfinizdat“, 1940;
  • Kreditni rejalashtirish. Moskva; Leningrad: „Gosplanizdat“, 1940;
  • Sovet krediti boʻyicha ocherklar, Moskva: „Gosfinizdat“, 1961;
  • Kredit va korxona, Moskva: Moliya, 1973;
  • Sotsialistik jamiyatda pul muomalasi va kredit muammolari /Toshkent xalq xoʻjaligi instituti. Toshkent: FAN, 1983.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Финансовая академия при Правительстве Российской Федерации: история и современность. Колл. авт. / под общ. ред. ректора Финансовой академии М. А. Эскиндарова. — М.: Финансы и статистика, 2009. — 448 с.: ил. ISBN 978-5-279-03406-2.
  2. „Шенгер Юрий Евгеньевич“. 20-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-aprel 2018-yil.
  3. „Национальная идея и немцы в Узбекистане“. 17-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-aprel 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

{{DEFAULTSORT:Shenger, Yuriy{{