Yuriy Aleskerov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yuriy Nikolayevich Aleskerov (1913.2.3, Maxachkala – 1982.24.7, Samarqand) – tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), tarix fanlari nomzodi (1941), dotsent (1949), professor (1973). Fargʻona davlat pedagogika institutini tugatgan (1936), Fargʻona va Samarqanddagi oʻrta maxsus bilim yurtlarida oʻqituvchi, Oʻzbekiston davlat universitetining aspiranti (1938–41). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1948 yildan Samarqand Davlat Universitetda ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirgan, universitet tarix fakulteti kafedra mudiri (1956–82). Ilmiy ishlari Samarqand tarixi, fuqarolar urushi kabi mavzularga bagʻishlangan. 100 dan ziyod kitob, risola va ilmiy maqolalar muallifi.