Yuridik javobgarlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yuridik javobgarlik — huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asoslangan, o‘z qilmishi uchun javob berishi, davlat majburlov choralari ko‘rinishdagi oqibatlarga duchor bo‘lishi va ularni boshidan kechirishidir yoki boshqacha qilib aytganda huquqbuzarga nisbatan davlat qo‘llaydigan choralar. Yuridik javobgarlikning maqsadi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, tartibga solish va muhofaza etishdir. Yuridik javobgarlik qonuniylik, adolatparvarlik, jazoning muqarrarligi, maqsadga muvofiqlik, ayb uchun javobgarlik, bir huquqbuzarlik uchun ikki tomonlama javobgarlikka yo‘l qo‘yilmasligi kabi tamoyillarga asoslanadi. Yuridik javobgarlik faqat qonunda belgilangan tartibda va vakolatli organning tegishli qarori asosidagina vujudga keladi. Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: jinoiy javobgarlik, maʼmuriy javobgarlik, fuqarolik huquqiy javobgarlik, intizomiy javobgarlik, moddiy javobgarlik. Shuningdek, ilmiy adabiyotlarda konstitutsiyaviy, ekologik javobgarlik turlari ham ko‘rsatiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]