Huquqiy javobgarlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yuri dik javobgarlikdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Huquqiy javobgarlik, yuri dik javobgarlik — huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida koʻzda tutilgan sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qoʻllash. Bu choralar shaxsiy (ozodlikdan mahrum etish), mulkiy (jarima), tashkiliy (muayyan huquqdan mahrum qilish, ishdan boʻshatish) tusda boʻlishi mumkin. Huquqiy javobgarlik oʻz xususiyatiga koʻra, siyosiy, axloqiy va boshqa javobgarliklardan farq. qiladi. Huquqiy javobgarlik huquqbuzarliknmj turlariga muvofiq quyidagilarga boʻlinadi: jinoiyhuquqiy, fuqarolik-huquqiy, maʼmuriyhuquqiy, instituti-zomiy-huquqiy javobgarlik. Huquqiy javobgarlikda adolatlilik, insonparvarlik, qonuniylik asoslantirilganlik, huquq buzilgan holda javobgarlikning muqar-rarligi, individuallik (faqat aybdor shaxsning oʻziga nisbatan javobgarlik), maqsadga muvofiqlik kabi tamoyillarga amal qilinadi. Zaruriy mudofaa (shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari himoyasidan kelib chiqib, zarar yetkazuvchiga nisbatan zaruriy mudofaa doirasida qarshilik koʻrsatish yoki zarar yetkazish); oxirgi zarurat (shaxs jamiyat, davlat manfaatlariga xavf tugdiradigan holatlarda, bu xavfning oldini olishga qaratilgan choralar doirasidagi harakatlar); kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilik; muomalaga layoqatsizlik; kazus (tasodiflar) va shahrik. yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar hisoblanadi. Yuridik javobgarlikni amalga oshirish uchun vakolatli organning huquqni qoʻllash akti zarur boʻladi. Bunday aktlar sudning qarori, maʼmuriyat buyrugʻi boʻlishi mumkin.

Nurmat Saburov, Shahzod Saydullayev.