Yuri Mamute

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Deyvson Gabriel de Barros
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Deyvinho
Tavallud sanasi 7-may 1995-yil (1995-05-07) (28 yosh)
Tavallud joyi Boa Viagem, Brazilya
Boʻyi 1.77 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sagamihara
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2011 Grêmio
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2018 Grêmio 47 (7)
2014Botafogo (Ijara) 17 (1)
2016Panathinaikos (Ijara) 8 (0)
2016Náutico (Ijara) 11 (0)
2017Aktobe (Ijara) 15 (3)
2017—2018Juventude (Ijara) 13 (1)
2019 Água Santa 2 (0)
2019 Figueirense 12 (0)
2020- Sagamihara 18 (4)
Milliy terma jamoa
2013—2015 Brazilya U20 12 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(3-noyabr uchun)

Yuri Souza Almeida ()talaffuzi: Yuri Souza Almeyda (1995-yil 7-mayda tugʻilgan), odatda Yuri Mamute nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Sagamihara jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamute 2011-yilda Gremioda professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. 2014-yilda u „Botafogo“ jamoasiga ijaraga berilgan. Mamute 2015-yil boshida „Uch rangli Gaucho“ laqabi bilan tanilgan Gremioga qaytgan va Luiz Felipe Skolari qoʻl ostida jamoada asosiy tarkib oʻyinchisiga aylangan va Rojer Machado davrida jamoaning taktikasida uning ampulasi asosiy rolga aylangan. Biroq, 2015-yilning iyul oyida uning toʻpiq boylamlaridan olgan jarohati bir oyga yaqin maydonga tushmasligiga sabab boʻlgan. Jarohatdan qaytganidan soʻng u jamoadagi boshlangʻich oʻrnini tiklash uchun kurash olib borgan[1].

2016 yil-yanvar oyida Panathinaikos va Gremio klubi yarim yillik ijara shartnomasini imzolagan Mamute Panathinaikos bilan tuzilgan ijara shartnomasiga kiritilganfutbolchilardan biri edi. Shartnoma birinchi yarim mavsum uchun 100 000 yevro toʻlashni oʻz ichiga olgan, agar u 2016—2017-yilgi mavsumda oʻynasa, 200 000 yevrogacha koʻtarilishi belgilab qoʻyilgan edi. „Panathinaikos“ Mamuteni 2016-yilning yozida 4 million yevro evaziga yoki 18 oylik ijara muddati oxirida 7 million yevro evaziga doimiy ravishda qoʻlga kiritish imkoniyatilga ham ega boʻlgan[2]. Maʼlumotlarga koʻra, klubda uch oy oʻynaganidan soʻng, Mamute avvalgi hujumchi Nikolaos Karelisning oʻrniga mos kelmasligi va mavsum oxirida Gremioga qaytishi haqida mish-mishlar tarqalgan[3].

2017-yil fevral oyida Mamute Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili „Aktobe“ jamoasi bilan aloqaga chiqgan va jamoa rahbariyati Mamuteni sonovga taklif etgan[4]. Sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan Mamute 2017-yil 18-fevralda klub bilan ijara shartnomasini imzolagan va Aktobe tarkibiga qoʻshilgan[5].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Grêmio 2011 A Seriya 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2012 0 0 0 0 0 0 2 0 2 0
2013 8 0 3 0 0 0 6 2 17 2
2014 0 0 0 0 0 0 4 1 4 1
2015 15 3 4 0 0 0 11 1 30 4
Jami 24 3 7 0 0 0 23 4 54 7
Botafogo (Ijara) 2014 A Seriya 17 0 2 1 0 0 0 0 19 1
Jami 17 0 2 1 0 0 0 0 19 1
Panathinaikos (Ijara) 2015—2016 Gretsiya Super Ligasi 8 0 0 0 0 0 0 0 8 0
Jami 8 0 0 0 0 0 0 0 8 0
Náutico (Ijara) 2016 B Seriya 11 0 0 0 0 0 0 0 11 0
Jami 11 0 0 0 0 0 0 0 11 0
Aktobe (Ijara) 2017 Qozogʻiston Premyer Ligasi 15 3 1 0 0 0 0 0 16 3
Jami 15 3 1 0 0 0 0 0 16 3
Karyerada jami 75 5 10 1 0 0 23 4 108 11

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya U20
  • Tulon turniri gʻolibi : 2013-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Grêmio libera empréstimo de Yuri Mamute para o futebol árabe Retrieved 8 December 2015
  2. Grêmio acerta empréstimo de atacante Yuri Mamute a clube grego Retrieved 6 January 2016
  3. „Mamute to leave Panathinaikos this summer“ Retrieved 17 April 2016
  4. „ИУРИ МАМУТЕ ПРИБЫЛ В РАСПОЛОЖЕНИЕ ФК АКТОБЕ В ТУРЦИИ“ (ruscha). fc-aktobe.kz. FC Aktobe (15-fevral 2017-yil). 2017-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2017-yil.
  5. „Иури Мамуте стал игроком ФК Актобе“ (ruscha). fc-aktobe.kz. FC Aktobe (18-fevral 2017-yil). 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-fevral 2017-yil.