Yuri Garold Kleyton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yuri Garold Kleyton (1893.29.4, Uolkerton, Indiana shtati — 1981.6.1) — amerikalik fizikkimyogar. AQSH Milliy FA aʼzosi (1935 yildan). Montana universitetini tugatgan (1917), Berklidagi Kaliforniya universiteti (1921 yildan), Baltimordagi J.Xopkins universiteti (1924 yildan), Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti (1934 yildan) prof. 1945 yildan Chikago untida, 1958— 70 yillarda San-Diyegodagi Kaliforniya untida (1972 yildan faxriy prof.) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari izotoplar kimyosi, geo va kosmokimyoga oid. Spektroskopiya usulini qoʻllab deyteriyxt ochgan (1932, F.Brikvedde va G.Myorfi bilan hamkorlikda). Uran235 va uran238 izotoplarining boʻlinish usullarini ishlab chiqqan. Uning lab.da suv bugʻlari, vodorod va ammiak bilan metan aralashmasi orqali elektr yoyi oʻtkazilganda aminokislotalar hosil boʻlib, ularni atmosferada ham sintez qilish mumkinligi isbotlangan (1950). Nobel mukofoti laureati (1934).