Yuqori temperaturalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yuqori Temperaturalardan yoʻnaltirildi)

Yuqori temperaturalar — tor maʼnoda — xona temperaturasi (300 K) dan yuqori temperaturalar; bunga erishish uchun qandaydir qizdirish usulidan foydalaniladi. Metall oʻtkazgichlarni elektr toki bilan bir necha ming kelvingacha, alanga yordamida esa 5000 K gacha qizdirish mumkin, gazlardagi elektr razryadi paytida oʻnlab mingdan millionlab K gacha, lazer nuri yordamida esa bir necha mln. K. gacha temperaturaga erishiladi, termoyadro reaksiyalari zonasida temperatura ~107—108 K gacha yetadi, neytron yulduzlari hosil boʻlayotgan paytda ularning qaʼridagi temperatura 10" K gacha boradi. Koinot rivojlanishining boshlangʻich bosqichlarida modda bundan ham yuqori temperaturaga ega boʻlgan boʻlishi mumkin; keng maʼnoda — biror xarakterli temperatura(mas, qaynash temperaturasi)dan yuqori qiymatli temperaturalar; bunda modda xossalari sifat jihatdan oʻzgaradi. Mas, har bir modda uchun oʻziga xos Yuqori temperaturalardan past temperaturada kvant effektlari roʻy bermaydi. Erish temperaturasi moddaning qattiq va suyuq holatlarini bir-biridan ajratib turadi. Kritik temperaturadan yuqorida suyuq holat boʻlmaydi.