Yunus Toshpoʻlatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yunus Toshpoʻlatovich Toshpoʻlatov (1932.15.8, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), kimyo fanlari doktori (1971), professor (1980). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Usimliklar kimyosi institutida ilmiy xodim (1956-59), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida optikaanalitika laboratoriya mudiri (1959— 65), yetakchi ilmiy xodim (1993—97), Kimyo sanoati vazirligi qoshidagi Paxta sellyulozasi va texnologiyasi ilmiy tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari (196574), direktori (198392). Toshkent Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti umumiy va anorganik kimyo kafedrasi mudiri (1974—83), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universiteti kimyo va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri (1998-yildan). Ilmiy ishlari paxta sellyulozasi va uning modifikatsiyalangan xillarini rentgenografik va IKspektrlar yordamida tekshirish, ular tuzilishini tadqiq qilish, mahalliy xom ashyolardan pishiq materiallar olishga oid. T. paxta lintidan sellyulozani ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqdi va amaliyotga tatbiq etdi. Uning rahbarligida atsetilsellyuloza tasmalarini moylovchilar va ip yigirishda ishlatiladigan eritmalar uchun zarur qurilmalar tayyorlandi hamda kimyoviy tolalar ishlab chiqarish. korxonalarida qoʻllandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Glinit — portlandsement, T., 1958; Izometricheskiy metod issledovaniya polimernoʻx materialov (v soavtorstve), T., 1989; Protsessoʻ i apparatoʻ kompleksnoy pererabotki vtorichnogo soʻrya selxoz produktov (v soavtorstve), T., 1990.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yu. T. Toshpoʻlatov (biobibliografiya), T., 2002.