Yunus Akgün

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yunus Akgün
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2000-yil 7-iyulda tugʻilgan. (22-yosh)
Tavallud joyi Küçükchekmece, Istanbul
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Galatasaroy
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011—2018 Galatasaroy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018- Galatasaroy 17 (1)
2020—2022Adana Demirspor 62 (13)
Milliy terma jamoa
2015—2016  Türkiye U-16 9 (2)
2016—2017  Türkiye U-17 24 (4)
2018—2019  Türkiye U-19 9 (4)
2019  Türkiye U-20 1 (0)
2019  Türkiye U-21 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yunus Akgün (2000-yil 7-iyulda tugʻilgan; Küçükchekmece, Istanbul) — Turkiya milliy terma jamoasi futbolchisi ,oʻng qanotda oʻynaydi. U Superliga jamoalaridan biri „Galatasaroy“da faoliyat yuritadi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akgün futbolchilik faoliyatini 2011-yili Galatasaroy yoshlar akademiyasiga qoʻshilish bilan boshlaydi. Infratuzilma toifalarida muvaffaqiyatli ishlashi bilan 2017-yilning 7-iyulida Galatasaroy bilan 3 yillik rasmiy shartnoma imzo chekadi[1]. U 2018-yil 5-avgust kuni " Akhisar Belediyespor "ga qarshi oʻynagan Turkiya Superkubogi finalida professional debyut qilgan[2]. 2018-yilning 27-avgust kuni Alanyaspor bilan oʻynagan bahsida Galatasaroy bilan Superligadagi ilk liga oʻyinini oʻtkazgan va 6:0 hisobida gʻalaba qozongan yosh futbolchi ligadagi ilk golli uzatmasini ham shu uchrashuvda amalga oshirgan[3]. U 2018-19 UEFA Chempionlarining 2-turida Porto bilan toʻqnash kelgan Galatasaroyda 86-daqiqada oʻyinga tushgan yosh futbolchi Emre Belözogʻludan keyin Chempionlar Ligasida oʻynagan eng yosh Galatasaroy futbolchisi boʻldi[4].

Adana Demirspor[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-21 yilgi mavsum boshida u „Galatasaroy“dan „Adana Demirspor“ga ijaraga beriladi. Oʻsha mavsum Adana vakilining Superligaga chiqishiga katta hissa qoʻshish bilan birga, 28 oʻyinda 5 gol va 3 golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayniqsa, Adana Demirspor prezidenti Murat Sancak mavsum avvalida futbolchini klubga qaytarishni xohlaydi, Adana Demirsporda yana 1 yil ijara asosida faoliyat olib boradi va 38 oʻyinda 9 gol va 17 golga assistentlik qilgan.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yunus Akgün, 2017-yili Xorvatiyada oʻtkazilgan 2017-yili 17-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa futbol chempionatida Turkiyaning 17-yoshgacha boʻlgan milliy futbol terma jamoasi safida boʻlgan[5]. Futbolchi oʻsha yili Hindistonda boʻlib oʻtgan 2017-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ham ishtirok etgan[6].

Milliy terma jamoa gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

ESLATMA: Maʼlumotlar Turkiya sahifasiga asoslangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Geleceğin aslanları asgari ücrete imza attılar“. 9 ağustos 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 haziran 2017.
  2. „Galatasaray 1 - 1 Akhisarspor“. 25 kasım 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 ağustos 2018.
  3. „Yunus Akgün'ün özel gecesi“. 14 ağustos 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 ağustos 2018.
  4. „Yunus Akgün Galatasaray tarihine geçti“. 4 ekim 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 ekim 2018.
  5. „U17 Milliler, Hırvatistan'daki ilk antrenmanını yaptı“. 6 ağustos 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 mayıs 2017.
  6. „U17 Milli Takımı, Dünya Kupası hazırlıklarına başladı“. 5 ağustos 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 eylül 2017.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]