Yulduz yorqinligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yulduz Yorqinligidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yulduz yorqinligi — yulduz nurining kuchini, yaʼni yulduzning birlik fazoviy burchakda nurlayotgan yorugʻlik oqimini ifodalovchi miqdor. 3,81033erg/sek ga teng boʻlgan Quyosh yorqinligi birligida ifodalanadi. Yulduz yorqinligi tushunchasi umumiy fotometriyanyant "yorqinlik" tushunchasi bilan mos kelmaydi. Yulduz yorqinligi yulduz spektrining maʼlum bir qismiga tegishli (vizual, fotografik Yulduz yorqinligi va h.k.), yoki yulduzning butun spektri boʻyicha nurlanishiga (bolometrik Yulduz yorqinligi) tegishli boʻlishi mumkin. Bular bir-biridan katta farq qilib, bolometrik yorqinligi 5105erg/sek. Quyosh yorqinligiga teng boʻlgan yulduzlar (O spektral sinfiga tegishli boʻlgan oʻta gigant yulduzlar), bolometrik yorqinligi Quyosh yorqinligidan bir necha yuz marta kam boʻlgan yulduzlar mavjud. taxminan yorqinligi bu qiymatdan kam boʻlgan yulduzlar boʻlishi mumkin. Yulduz yorqinligi massa, radius va sirt temperaturasi kattaliklari qatoridagi muhim kattaliklaridan hisoblanadi. Bu kattaliklar orasidagi bogʻlanishlar nazariy astrofizikada oʻrganiladi.