Yugo-Vostochnaya (metro bekati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yugo-Vostochnaya

Yugo-Vostochnaya (ruscha: Юго-Восточная) — Rossiya poytaxti Moskva shahri metropolitenining Nekrasovskaya liniyasidagi bekat.

Metropolitenning ushbu bekati qurilishi 2013-yilning dekabr oyida boshlangan va 2017-yilda foydalanishga topshirilishi kerak. Avvalda, bekatga «Ferganskaya ulitsa» deb nom berish haqida qaror qabul qilingan edi. 2014-yilning iyun oyida mahalliy aholi talablari tufayli bekatni hozirgi nomga nomlanish haqida qaror qabul qilindi. Stansiya Moskvaning Vixino-Julebino tumanidagi Fargʻona va Toshkent koʻchalari oraligʻida joylashadi.

Bekat 27-mart 2020-yilda ishga tushirilgan.