Yozgi termik depressiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yozgi termik depressiya - troposferaning quyi qismidagi past bosimli zonada yuz beradigan sinoptik hodisa; bulutsiz issiq obhavoda roʻy beradigan siklonlarning harakati tufayli kelib chiqadi. Markaziy Osiyoning jan.sharqida sodir boʻladi. Odatda, 2—3 kun, baʼzan, butun tabiiy sinoptik davrga choʻziladi. Ayrim yillarda Yo. t. d. bir xilda takrorlanmaydi, ammo qancha teztez vujudga kelib, uzok, davom etea, yoz shuncha issiq keladi. Oddiy sharoitda Markaziy Osiyoning tekislik va togʻ oldi qismlarida havoning eng yuqori harorati yozda 35—40° gacha koʻtarilsa, Yo. t. d. avjiga chiqqan paytlarda vohalarda 43—45° gacha, choʻllarda 48—50° gacha koʻtariladi. Choʻllarda havoning kuchli isishidan Yo. t. d. vujudga keladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil