Yoysimon parda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yoysimon Pardadan yoʻnaltirildi)

Yoysimon parda (lotincha: iris), rangdor parda — koʻz soqqasi tomirli pardasining old qismi; kipriksimon tanadan boshlanadi. Rangdor parda oldinda qorachiq teshigida tugaydi, uning oldingi yuzasi koʻz soqqasining oldingi boʻshligʻiga, orqa yuzasi koʻz gavhari boʻshligʻiga qaragan. Yoysimon parda rangli boʻlib, muguz (shox) parda orqali koʻrinib turadi. Parda tarkibidagi pigmentlar miqdoriga qarab koʻz har xil rangli (qora, jigarrang , koʻk va h.k.) boʻlib tovlanadi, pigment boʻlmagan rangdor parda kizil boʻlib koʻrinadi. Koʻz qorachigʻi qirralarida aylanasiga joylashgan muskul qisqarib, qorachiqni toraytirsa, uzunasiga joylashgan muskul kengaytiradi. Yoysimon pardaning orqasida tiniq, ikki tomoni qavariq linza — koʻz gavhari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil