Paxpardoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yoyma pardozdan yoʻnaltirildi)

Paxpardoz (fors, pax — qirra), yoyma pardoz — oʻymakorlikda pardoz turi; qirra hosil qilish uchun boʻrtma naqsh yuzasi bir tomonga to zaminiga qadar qiya kesib pardozlanadi. Ganch, yogʻoch oʻymakorligida, ayniqsa, zanjira mujassamotida keng qoʻllanadi. P. natijasida nursoya oʻyini mayin koʻrinishga ega boʻladi. Shifti baland binolar (turar joy, jamoat binolari)da boʻrtma shakllarga pardoz berishda choka pardoz bilan birga keng qoʻllanadi. P., ayniqsa, 14—15-asrlarda tosh, yogʻoch, terrakota oʻymakorligida ustalar tomonidan keng qoʻllanilgan. 20-asrda usta M. Usmonov, A. Quliyev va boshqa ijo-dida P.ni qoʻllab jozibali naqsh na-munalarini yaratdilar. Samarqandda yoyma pardoz deb ataladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil