Toshkakra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yoyiq Bo'tako'zdan yoʻnaltirildi)

Toshkakra, yoyiq boʻtakoʻz (Centaurea squarrosa Willd.) — murakkabguldoshlar oilasi boʻtakoʻzlar turkumiga mansub koʻp yillik begona oʻt. Boʻyi 20—60 sm, poyasi bir nechta, qirrali. Barglari mayda, yashil; ildiz boʻgʻzidagi barglar patsimon qirqilgan, boʻlaklari qalami, tikansimon oʻrama bargchalar bilan oʻralgan. May — iyul oylarida gullab urugʻlaydi. Urugidan koʻpayadi. Asosan, lalmi ekinzorlarda keng tarqalgan. Adir va togʻ zonalarida uchraydi.