Yovvoyi yoʻrgʻa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yovvoyi yoʻrgʻa: Jonivorlar haqida hikoyalar
Muallif(lar) Ernest Thompson Seton
Tarjimon(lar) Togʻay Murod
Til inglizcha
Janr(lar)i hikoyalar
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1989
Sahifalar soni 432
ISBN ISBN 5-635-00386-9

„Yovvoyi yoʻrgʻa“, toʻliq nomi „Yovvoyi yoʻrgʻa: Jonivorlar haqida hikoyalar“kanadalik yozuvchi Ernest Thompson Seton qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. 1989-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1]

Hikoyalarni Togʻay Murod 1936-yil Moskvada „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan „Домино“ hamda 1983-yil „Pravda“ nashriyotida chop etilgan „Рассказы о животных“ kitoblariga asoslanib ruschadan oʻzbekchaga oʻgirgan. Kitob rasmlarini Thompson Setonning oʻzi chizgan.

Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Qudratova – muharrir, A. Kiva – rassom, A. Bobrov – rasmlar muharriri, E. Saidov – texnik muharrir, S. Tohirova – musahhih. Kitob adadi – 90 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yovvoyi yoʻrgʻa“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]