Yoshlik koʻngilli sport jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"YOSHLIK" KOʻNGILLI SPORT JAMIYATI — OʻzRdagi umumtaʼlim maktab va b. oʻquv muassasalarining koʻngilli sport jamiyati. OʻzR xalq taʼlimi vazirligi huzurida tuzilgan (1998-yil 21 aprel). Maktab oʻquvchilari oʻrtasida sport ishlarini keng yoʻlga qoʻyish va sportni ommalashtirishga daʼvat etilgan. "YO". k. s. j. har oʻquv yilida "Umid nihollari" oʻyinlarini oʻtkazadi. Bu oʻyinlar kuzgi taʼtilda maktab va tuman, qishki taʼtilda viloyat, bahorgi taʼtilda mamlakat miqyosida boʻlib oʻtadi. Oʻyinlar yoshlarni foydali va mazmunli harakatga yoʻnaltirish, kurashda chiniqtirish, jamoa boʻlib harakat qilish, gʻalabaga intilish fazilatlarini tarbiyalash va sportni yeshlarning hayotiy ehtiyojiga aylantirishga xizmat qiladi. Jamiyat safida 5672482 aʼzo, shulardan 311830 razryadli sportchi, 2727 ta 1 razryadli, sport ustaligiga nomzod va 86 sport ustasi bor (2001). 4619 ta sport zali, 6157 ta basketbol, 9394 ta voleybol maydonchasi, 119 ta suzish havzasi, 27 ta stadion, 4552 ta qoʻl toʻpi maydoni, 4748 ta futbol maydoni va 1830 ta tir jamiyat ixtiyoridadir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil