Yoshlar musiqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yoshlar Musiqasidan yoʻnaltirildi)

Yoshlar musiqasi - ommaviy musika turi, 20-asrning 2yarmida yoshlar orasida keng tarqalgan turli musiqiy uslublarning umumiy ifodasi. Raqsbop musiqa yoʻnalishlari (roknroll, bigbit, disko, breykdans, elektropop, reyv, trans kabi) hamda turli mavzudagi qoʻshiq asarlari (rokmusika, fank, reggey, rep va h. k.)dan tarkib topgan. Yo. m. namunalari diskoteka, yoshlar klubi, dansing (rake maydonchasi), stadion kabi maxsus joylarda zamonaviy texnika vositalari yordamida ijro etiladi, yeshlarning maʼnaviy va jismoniy ehtiyojlarini qondirib, ularning dunyoqarashi, histuygʻulari va intilishlarini aks ettiradi. Ommaviy oʻyin tarzidagi namunalari — joʻshqin, quvnoq kayfiyatli, baʼzan sershovqin oʻyin ruhida yaratiladi. Qoʻshiqlar mazmunida yoshlarga xos erkinlik, baʼzan axloqodobdan chiqib ketish, shuningdek, umuminsoniy mavzu (sevgimuhabbat, doʻstlik, vatan haqida va h. k.) oʻrin olgan. Yo. m. asoschilaridan amerika xonandasi Elvis Presli, "Bitlz" va b. mashhur. Oʻzbekistonda Yo. m. 1960y.lar oxiri — 1970y.lar oʻrtasida asosan VIA yoki rokansambl shaklida ("Sintez", "Yalla", keyinchalik "Navo", "Sado" va b. guruhlar) paydo boʻlib, ayniqsa mustaqillik davrida rivoj topdi ("Anor", "Bayram", "Bolalar", "Dado", "Nola", "Setora", "Shahzod" guruxlari va b.). 2000—2001 y.lar Oʻzbekistonning turli viloyatlarida yoshlar uchun "Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston" mavzuidagi hamda giyohvandlikka qarshi adabiymusiqiy shoular boʻlib oʻtdi. Yosh ijodkorlar (jumladan Yo. m. ijrochilari) uchun "Nihol" (2000 y. dan) kabi Respublika mukofotlari taʼsis etilgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil