Yosh sayyohlar va oʻlkashunoslar markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yosh sayyohlar va oʻlkashunoslar markazi — Oʻzbekistonda xalq taʼlimi tizimida oʻquvchiyoshlarga toʻgarak, klub, sayyohlik guruhlari orqali qoʻshimcha taʼlimtarbiya beruvchi bolalar muassasasi. Oʻquvchi yoshlarning qiziqishlari, intilishlari, iqtidorlariga moye toʻgarak ishlariga jalb etadi, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli va foydali oʻtkazishni uyushtiradi, bolalar isteʼdodlarini aniqlash, uni toʻgʻri tarbiyalash orqali kasbhunar tanlashlariga yordam beradi. Markaz ekskursiya, sayohat, safar, ekspeditsiya, sayyoxlik yurishlari uyushtirib, ular orqali oʻquvchiyoshlar dunyoqarashini boyitadi, bilim doiralarini kengaytiradi va mustahkamlaydi, jismonan baquvvat, har tomonlama barkamol inson qilib yetishtiradi, tabiat bilan toʻgʻri munosabatda boʻlishga oʻrgatadi, sportchialpinistlar, qutqaruv xizmati mutaxassislari, oʻqituvchitarbiyachi kabi kasb asoslarini beradi. Oʻzbekistonda dastlabki Yo. s. vaoʻ. m. Bolalar sayyoxlik bazasi nomi bilan 1936 yilda tashkil etilgan.OʻzR Xalq taʼlimi vazirligiga karashli Respublika Yo. s. va oʻ. m. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent sh. va viloyatlardagi 43 ta Yo. s. va oʻ. m. faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularga metodik yordam koʻrsatadi. Oʻzbekistondagi Yo. s. va oʻ. m.da toʻgaraklar yoʻnalishlari soni 22 ta boʻlib, ularda yiliga oʻrtacha 80 ming oʻquvchi shugʻullanadi, 285 ming oʻquvchi turli ekskursiya, ekspeditsiya, sayyohlik yurishlarida ishtirok etadi (2001).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil