Yosh tabiatshunoslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yosh Tabiatshunoslardan yoʻnaltirildi)

Yosh tabiatshunoslar -Oʻzbekistonda tabiatshunoslik bilimini boyitish, qishloq xoʻjaligining muayyan tarmogʻini amalda bilib borish va tajriba orttirish maqsadida atrof muhit, tabiatni kuzatuvchi yoshlar. Maktab va maktabdan tashqari bolalar muassasalari (oʻquvchilar saroyi, bolalar oromgohi, mehribonlik uylari)da tashkil qilinadigan toʻgaraklarda tajriba kuzatuv ishlari olib boradilar. Yo. t.ning birinchi tugaragi Oʻzbekistonda 1922 y. Toshkentdagi Karl Libknext nomidagi maktab, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi, Chernishevskiy nomidagi maktab xuzurida tashkil etilgan. Yo. t. toʻgaragidagi mashgʻulotlarda oʻquvchi bolalar hayvonlar va parrandalarni kuzatadi, oʻsimliklar oʻstirib, parvarish qiladi, kolleksiyalar toʻplaydi, turli xil tajriba ishlarini oʻtkazadi. Oʻrta va katta yoshdagi tabiatshunoslar tabiatni, jumladan hayvonot va oʻsimliklar dunyosini, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga bogʻliq tajribalarni amalga oshiradi. Yo. t. oʻquvchilarni oʻquvtajriba maydonchalariga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish ekskursiyalariga, koʻrgazmali oʻquv qurollarini tayerlashga jalb etib, ularning atrof muhitga boʻlgan ongli munosabatlarini rivojlantiradi. 2001 y. Oʻzbekistonda 70963 bola Yo. t. toʻgaraklarida ishtirok etdi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil