Yorugʻlikning sochilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yorugʻlikning Sochilishidan yoʻnaltirildi)

Yorugʻlikning sochilishi -muhitda tarqalayotgan yorugʻlik dastasining mumkin boʻlgan barcha yoʻnalishlarda ogʻishi. Muhitning har xil jinsliligi va yorugʻlikning modda zarralari bilan oʻzaro taʼsiri Yo. sta sabab boʻladi. Bunda yorugʻlikning intensivligi, spektri va qutblanishi oʻzgaradi. Yo. s. asosida molekulalar, suyukliklar va h. k.ning tuzilishi oʻrganiladi. Yorugʻlikning Reley sochilishi (Reley qonuni), yorugʻlikning molekulyar sochilishi, yorugʻlikning kombinatsion sochilishi va b. xillari mavjud.

YO. s. hodisasidan fizika, kimyo va texnikaning turli sohalarida, turlituman tadqiqotlarda keng foydalaniladi. Yo. s. spektri yordamida moddalarning atom va molekulyar harakteristikalari, ularning elastiklik, relaksatsion va b. doimiylari aniqlanadi. Zarralarning oʻlchamlari va shakllarini aniqlashning koʻpgina usullari Yo. s. hodisasiga asoslangan. Lazer spektroskopiya asosida yorugʻlikning majburiy sochilish jarayoni yotadi va undan lazerlarsa keng foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil