Yoritish jihozlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yoritish Jihozlaridan yoʻnaltirildi)

Yoritish jihozlari - bino, kucha, xiyobonlar va b.ni yoritish uchun foydalaniladigan qurilmalar (yoritish asboblari va yoritish qurilmalari, yoritish armaturalari). Yoritish asboblari — yoritish, nurlatish, yorugʻlik signalizatsiyasi yoki proyeksiyalash uchun moʻljallangan asboblar; yorituvchi, nurlatuvchi, signal beruvchi va proyeksiyalovchi xillari bor. Ular optik nurlatish manbai ([[]] Yorugʻlik manbalari), yorugʻlik nuri oqimini fazoda berilgan yoʻnalish boʻyicha qayta taqsimlash qurilmalari, konstruksion detallardan iborat. Konstruksion detallar yoritish asboblarining barcha qismlarini birlashtiradi va nurlanish manbaini hamda yorugʻlikni qayta taqsimlaydigan qurilmalarni shikastlanishdan va atrof muhit taʼsirlaridan himoya qiladi. Yorugʻlik oqimini toʻplash darajasiga qarab, yorugʻlik oqimini optik oʻq boʻylab toʻla toʻplaydigan (projektorlar), yorugʻlik oqimini optik oʻqning baʼzi uchastkasida kichik hajmda toʻla toʻplaydigan (proyektorlar), yorugʻlik oqimini katta fazoviy burchakda qayta taqsimlaydigan (yoritish jihozlari) xillarga bulinadi. Yorugʻlik oqimini qayta taqsimlashda turli shakldagi qaytargichlardan foydalaniladi. Yorugʻlik asboblari yigʻindisidan iborat yoritqich yoritish qurilmalari deyiladi. Bular yordamida maydon, xona yoki ayrim obʼyektdar yoritiladi. Yoritish armaturalari — yorugʻlik oqimini fazoda maʼlum tomonga yoʻnaltiradigan, taqsimlaydigan va koʻzni qamashishdan saqlaydigan qurilmalar. Oʻrnatilishiga qarab, osma, shipga, devorga, polga oʻrnatiladigan, stolga qoʻyiladigan; vazifasiga qarab, oddiy va bezak xillarga boʻlinadi. Oddi y yoritish armaturalariga sanoat binolarini yoritish uchun ishlatiladigan qaytargichi emalli, zdlarning baland sexlari va xonalari, shuningdek, katta koʻchalarni yoritadigan qaytargich oynali, nam oʻtkazmaydigan va portlashdan saqlaydigan, stolga qoʻyiladigan va b. Yo. j. kiradi. Bezak yoritish armaturalariga abajur, lampalar, muzey, teatr va b. joylarga oʻrnatiladigan lyustra — kandillar, stolga oʻrnatiladigan lampalar, yotoqxonalar, yoʻlakchalar va poyezd vagonlarida ishlatiladigan lampa Koʻcha yoritqichi (Toshkent sh.). Lampalarni mahkamlashda, yorugʻlikning spektr tarkibini oʻzgartirishda, lampochkalarni changdan, namlikdan shikastlanishdan saqlashda yoki oʻtga oʻch muhitlardan ajratishda turli moslamalar qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil