Yordamchi xoʻjaliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yordamchi Xo‘jaliklardan yoʻnaltirildi)

Yordamchi xoʻjaliklar — korxona va tashkilotlarning asosiy faoliyatiga bevosita bogʻliq boʻlmagan, lekin ularning ichki i. ch. imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tashkil etiladigan qoʻshimcha tarkibiy xoʻjalik yuritish boʻlinmasi. Yo. x. tashkil etishning muhim talablaridan biri korxonaning asosiy faoliyati natijasida u yoki bu qoʻshimcha mahsulot yoki buyum i. ch.ga kerakli boʻlgan chiqit va shunga oʻxshash resurslarning yetarli miqdorda doimiy mavjud boʻlishidir. Yo. x.da asosan korxonaning oʻz ishchixodimlari ishlaydilar. Noqishloq xoʻjalik korxona va tashkilotlar tarkibida Yo. x. koʻp xrllarda asosan oʻz ishchixodimlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida tashkil etiladi. Ishlab chiqarilgan sabzavot, meva, uzum, goʻsht, sut va b. mahsulotlar korxonaning oshxonasi, bogʻchasi, dam olish uylariga beriladi va ayrim hollarda maxsus magazinlari orqali ishchixodimlarga arzon narxlarda sotiladi. Umuman isteʼmol tovarlarini koʻpaytirish, korxona va tashkilotlarning ichki resurelaridan toʻliqfoydalanishda Yo. x. muayyan ahamiyatga ega. Qurbon Choriyev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil