Yordam:Kuzatuv roʻyxatim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wikipedia watchlist.png

Kuzatuv roʻyxatim foydalanuvchiga oʻzining kuzatuvi ostidagi sahifalardagi soʻnggi oʻzgarishlar roʻyxatini koʻrishga imkon beruvchi sahifadir. Foydalanuvchi biror Vikipediya sahifasini kuzatuv roʻyxatiga qoʻshganda (kuzatuv ostiga olganda), ushbu sahifada sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni „Kuzatuv roʻyxatim“ (Watchlist) maxsus sahifasi orqali kuzatib borishi mumkin boʻladi.

Biror sahifani kuzatuv roʻyxatingizga qoʻshish uchun shu sahifa tepasidagi (yuqori paneldagi) MediaWiki Vector skin white star watchlist icon.svg ikonkasi ustiga bir marta bosishingiz kifoya qiladi.