Homil Yoqubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yoqubov Homil Islomovichdan yoʻnaltirildi)

Yoqubov Homil Islomovich (1907.14.9 — Toshkent — 1998.3.2) — adabiyotshunos, adabiy tanqidchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), filol. fanlari doktori (1967), professor (1970). Leningrad davlat pedagogika institutida oʻqigan (1926—27), Oʻrta Osiyo Rejalashtirishiqtisod institutini tugatgan (1932). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, professormaslahatchi (1934—97). Shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1934—35; 1944—45), Toshkent kechki pedagogika instituti(1939—42) hamda Oʻrta Osiyo davlat universitetida dare bergan (194851; 195659). Yo.ning adabiytanqidchilik faoliyati 30-yillardan boshlangan. "Hamid Olimjonning ijodiy yoʻli" (1936), "Zahiriddin Muhammad Bobur. (1940), "A. Qahhor novellalari" (1946), "Gʻafur Gʻulom". (1959), "Oybek" (1959), "Adibning mahorati" (1966) kabi maqola va monografiyalari oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining muhim masalalariga bagʻishlangan. Maktablar uchun adabiyot darsliklari, xrestomatiya va oʻquv dasturlarini tuzish va nashr ettirishda faol qatnashgan. Yo.ning bevosita ilmiy rahbarligi va ishtirokida hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti tarixiga oid 2 jildli (1961 — 62) va ruscha nashri — 1 jildli (M., 1967) ocherklar toʻplamlari hamda hozirgi oʻzbek adabiyotining koʻp jildli tarixlari nashr etilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1970). Ac: Gʻoyaviylik va mahorat, T., 1966; Saylanma, 12j., T., 198384; Choʻlpon va Navoiy, T., 1998.[1]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Imomov B., Homil Yoqubov [Adabiy portret], T., 1978.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil