Gʻulom Yoqubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yoqubov G'ulomdan yoʻnaltirildi)
Gʻulom Yoqubov

Gʻulomjon Yoqubov
Tavalludi 15-may 1915
Vafoti 24-iyun 1944
Belarus
Fuqaroligi SSSR
Unvoni Kapitan
Mukofotlari

Yoqubov Gʻulom (1915-yil 15-may, hozirgi Asaka tumani — 1944-yil 24-iyul, Mogilyov viloyati, Belarus) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kapitan. 1942-yildan frontda xizmat qilgan. 556-oʻqchi polkining (1-Belarus fronti 3-armiyaning 169-oʻqchi diviziyasi) kapitani. Yoqubov rahbarlik qilgan rota Ludchitsi qishlogʻida dushman ichkarisiga yorib kirib katta jasorat koʻrsatgan. 1945-yil Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (vafotidan soʻng)[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻulom Yoqubov 1915-yil 15-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyatining Asaka tumanidagi Mirzaobod qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Millati oʻzbek. Maktabda 6 sinfni tamomlagan. Kuybishev nomidagi kolxozda ishlagan.

Gʻulom Yoqubov 1937 — 1939-yillarda Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. Keyinchalik zahiraga o‘tkazilgandan so‘ng „Savay“ sovxozi direktorining o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan.

Gʻulom Yoqubov 1941-yilda yana armiyaga chaqirilgan. Oʻsha yili u qoʻmondonlik tarkibini takomillashtirish kurslarini tamomlagan. Yoqubov 1942-yil sentyabrda 169-oʻqchi diviziyasining 556-oʻqchi polkiga qoʻshilgan va avtomatchilar rotasida vzvod komandiri etib tayinlangan. 1943-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi (bolsheviklar) safiga qoʻshilgan. 1944-yilning yoziga kelib kapitan Yoqubov 556-piyoda polkining pulyemyotchilar guruhiga qoʻmondonlik qilgan. Belarusni ozod qilish uchun olib borilgan janglarda qatnashgan va uning jasorati ajralib turgan.

1944-yil 24-iyunga o‘tar kechasi kapitan Yoqubovning pulyemyotchilaridan iborat bo‘lgan rotasi Ludchitsi qishlog‘i (Mogilyov viloyati, Bixov tumani) yaqinida, balandligi 150,9 bo‘lgan dushman mudofaasi chuqurligiga bostirib kirgan. Zarba dushmanni chalgʻitgan paytda polkning qolgan kuchlari boshqa sektorni yorib kirishgan. 20 soatlik jang davomida kapitan Yoqubov jangchilari dushman kuchlarining 40 dan ortiq hujumlarini qaytarishiga qaramay, katta yoʻqotishlarga duch kelgan. Rota koʻp talofat koʻrganiga qaramay, egallangan marrani saqlab qolgan. Kapitan Yoqubov ushbu jangda halok bo‘lgan. U Ludchitsi qishlogʻi yaqinidagi jang maydoniga dafn etilgan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajargani hamda bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan jasorat va qahramonlik uchun kapitan Yoqubov Gʻulomga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan[2].

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon viloyatining Asaka (1937 — 1991-yillarda — Leninsk) va Andijon shaharlarida Gʻulom Yoqubovning byustlari o‘rnatilgan[2]. Minsk, Asaka va Bixov koʻchalari uning ismi bilan nomlangan. Asaka shahridagi 25-maktabga G‘ulom Yoqubov nomi berilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 „Yakubov Gulyam. Geroy sovetskogo soyuza“. Qaraldi: 16-iyun 2023-yil.