Kontent qismiga oʻtish

Yoqub Chelebiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yoqub Chelebiy
Tugʻilishi tax.1362
Usmonli imperiyasi
Vafoti 1389-yil 28-iyun
Kosovo maydoni, Brankovich okrugi (hozirgi Kosovo hududida)
Dafn etilgan joy
Turmush oʻrtogʻi Fülane Xotun
Paleologlar malikasi
Sulola Usmonlilar
Otasi Murod I
Dini Islom, sunniylik

Yoqub Çelebi (turkcha: Yakup Çelebi, tax.1362-yilda tugʻilgan — 1389-yil 28-iyunda vafot etgan) — Usmoniylar shahzodasi, sulton Murod I ning oʻgʻli.

Yoqub yoshligidan maʼmuriy hamda harbiy taʼlim olgan. U jasorati, qahramonligi va saxiyligi bilan nom chiqargan. Otasi sulton Murod I ning barcha urushlarida u bilan birga boʻlgan[1]. Yoqub askarlar va xalq sevgan shaxs boʻlib, jangchi sifatidagi mahorati bilan tanilgan shahzoda edi. Ayrim manbalar hatto otasi uni oʻzining taxt voris etib tayinlaganini ham daʼvo qiladi[2].

Murod I ning oʻgʻillari Yoqub va Boyazid otasining soʻnggi yurishi boʻlgan Kosovo jangida yaxshi jang qilgan. Jang davomida Yoqub qoʻshinning chap qanotiga boshchilik qilgan va serb shahzodasi Lazarning shiddatli hujumiga uchragan. Serb qoʻshini ogʻir ahvolga tushgach, Yoqub ularni quvlagan. Shu paytda uning otasi Murod I serb askari tomonidan oʻldirilgan. Sulton Murodning qotili turli manbalarda ritsar Miloš Obilić deb koʻrsatiladi. Sultonning oʻlimidan keyin taxt posholar kelishuvi asosida Boyazidga berilgan[manba kerak].

Vafoti va merosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmoniylar imperiyasida taxt uchun vorislikning qatʼiy tizimi yoʻq edi. Shu sababli sulton Boyazid I ukasi Yoqub bilan oʻrtasida sodir boʻladigan ehtimoliy fuqarolar urushining oldini olish maqsadida uni oʻldirishga qaror qilgan. Yoqub akasi Boyazidning buyrugʻi bilan boʻgʻib oʻldirilgan[3]. Bundan oldinroq ularning ukasi Savcı Bey sabab boʻlgan muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolon va undan kelib chiqqan fuqarolar urushi sulton Boyazidning ukasi Yoqubni oʻldirish qaroriga taʼsir qilgan boʻlishi mumkin[manba kerak].

Sulton Boyazid ukasining jasadini Bursaga olib kelib, marosim oʻtkazib uni dafn qilgan. Iznikdagi Yoqub Chelebiy masjidi shimoli-gʻarbida joylashgan qabrda hech qanday bitik yoʻq. Yoqubning qabri Bursadagi Hüdavendigar maqbarasiga dafn qilingan. Iznikda Yoqub Chelebiy masjidi, Kelesda esa Yoqub Chelebiy maqbarasi va hammomi bor. Bu maqbara XIV asr oxirlarida qurilgan.

Oʻrta asr katalon adabiyotida muhim oʻrin tutadigan Yoqub Chelebiy haqidagi hikoya („Història de Jacob Xalabín“) uning sarguzashtlari va Kosovo jangida Boyazid tomonidan oʻldirilishi haqida hikoya qiladi[4].

1989-yilgi Yugoslaviyaning „Kosovo jangi“ tarixiy dramasida Chelebiyning rolini Marko Baćović ijro etgan[5].

Yoqub Chelebiyning ikki ayoli boʻlgan:

  • Fülane Xotun — Kostendilli Konstantinning qizi. Uning ikki opasi Yoqubning otasi Murod I va oʻgay akasi Boyazid I ga turmushga chiqqan.
  • Paleologlar malikasi — Vizantiya imperatori John V va uning rafiqasi Yelena Kantakuzinaning qizi. 1386-yilda Yoqubga turmushga chiqqan[6].
  1. „Yakup Çelebi Kimdir?“. 2023-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
  2. Taylan, Nermin. Sıradışı Osmanlı Şehzadeleri (tr). Ekim Yayınları, 2015 29-bet. ISBN 978-605-5476-56-4. 
  3. Âşık Paşazâde. Osmanoğullarının Tarihi: Tevârîh-i Âl-i Osmân. yay. haz. Prof. Dr. Kemal Yavuz, Prof Dr. M. A. Yekta Saraç. İstanbul: Gökkubbe, 2010.
  4. Anonim. Yakub Çelebi’nin Öyküsü. çev. Mehmet Sait Şener. önsöz ve notlar. Juan Carlos Bayo. İstanbul: İletişim, 2015.
  5. Full Cast & Crew of the Battle of Kosovo
  6. Several of John V's daughters and granddaughters married Ottoman princes: his daughter Maria married Murad I, two more his sons Bayezid I and Yakub, while a fourth, Irene, married Halil, Murad’s half-brother. Two granddaughters, daughters of Theodore and Zampia, married a son and grandson of Bayezid I, Süleyman and Mustafa.