Yopishqoq baliqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yopishqoq Baliqlardan yoʻnaltirildi)

Yopishqoq baliqlar (Echeneidae) — olabugʻasimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Tanasining uz. 30—90 sm. U barcha tropik va subtropik okeanlarda tarqalgan. Orqa suzgichi bosh tomoniga surilib, soʻrgʻich hosil qilgan. Yo. b. soʻrgʻichida 14 dan 27 tagacha plastinkalari boʻladi. Plastinkalar yordamida ular turli baliqlar, dengiz toshbaqalari, kitlar terisiga va kemalar ostiga yopishib oladi. Ayrim turlari erkin hayot kechiradi. 7 urugʻi va 7 turi mavjud. Plankton va qisman boshqa hayvonlar terisidagi parazitlar bilan oziqlanadi. Baʼzan kichik baliklarni ovlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil