Gulli oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yopiq urugʻlilardan yoʻnaltirildi)

Gulli oʻsimliklar (Magnoliophyta yoki Angiospermae), yopiq urugʻli oʻsimliklar, yopiq urugʻlilar — gul chiqaradigan yuksak oʻsimliklar guruxi. Urugchi organining mavjudligi va qoʻsh urugʻlanish G.oʻ.ga xos xususiyatdir. G.oʻ.ning urugʻ kurtagi bir yoki bir nechta boʻrtgan meva barglaridan iborat berk tuguncha boʻshligʻida boʻladi. Urugʻlari meva ichida joylashgan (yopiq urugʻlilar degan nom shundan kelib chiqqan). Bunday oʻsimliklar ikki sinf (bir pallali oʻsimliklar va ikki pallali oʻsimliklar)ga boʻlinadi. Oʻz navbatida bular ham kenja sinflar, tartib, oilalar, turkumlar va ularning barcha oraliq kategoriyalari bilan turlarga boʻlinadi.

G. u.da 400 oila, 12 mingdan ortiq turkum va 250 mingga yaqin tur mavjud. Yer yuzidagi yuksak oʻsimliklarning yarmidan koʻprogʻini yopiq urugʻli oʻsimlik turlari tashkil etadi. Odamlar uchun keraqli oʻsimliklar, jumladan oziq-ovqat oʻsimliklari (bugʻdoy, javdar, sholi, kartoshka, dukkaqlilar va b.), tolali oʻsimliklar (gʻoʻza, zigʻir, kanop va h.k.), efir moyli va dorivor oʻsimliklar, mevalilar va kauchukli oʻsimliklarning koʻpchiligi G.oʻ.ga kiradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil