Yopiq televizion tizim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yopiq televizion tizim -uzatuvchi kameralari qabul qiluvchi qurilmalar bilan mahalliy aloqa kabel liniyalari yordamida tutashgan televizion tizim. Tasvir va tovush signallarini uzatuvchi televizion eshittirish tizimlaridan Yo. t. t.ning farqi shuki, unda faqat tasvir signallari uzatiladi. Uning uzatish kamerasida ogʻdirish tizimi boʻlgan uzatuvchi kamera (superortikon yoki vidikon) va videosignallarni oldindan kuchaytirgich qurilma joylashtirilgan. Kamera masofadan turib yoki avtomatik tarzda boshqariladi. Ulardan eng oddiysi bir kanalli Yo. t. t. hisoblanadi. U uzatuvchi kamera va qabul qiluvchi qurilmalardan iborat. Uzatuvchi va qabul qiluvchi trubkalarning ogʻdiruvchi tizimlariga qabul qiluvchi qurilmada joylashgan umumiy generatordan tok keladi. Yo. t. t.dan sanoatda, transportda, tibbiyot va b.da turli amaliy masalalarni yechishda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil